Quantcast
Channel: Talabalar shaharchasi
Viewing all 90 articles
Browse latest View live

Diqqat: 2014-yil uchun Grin karta lotereyasi boshlanmoqda

$
0
0

© Photo Mygreencard.com

O’zbekistonda “Grin karta” yutib Amerikaga ko’chib kelishni orzu qiluvchilar ko’p. Kimlar uchundir o’tgan yillarda bu orzu ro’yobga chiqqan bo’lsa, ayrimlar uchun “Grin karta” hanuz ushalmas armonligicha qolmoqda. Agar siz ham “Grin karta” borasida omadi chopmayotganlar qatorida bo’lsangiz, orzuim armonga aylandi, deya afsus chekishga shoshilmang. Chunki o’tgan yili yutmagan bo’lsangiz, bu safar omadingiz kulib boqsa, ajab emas.

AQSh Davlat Departamenti rasmiy veb-sahifasida berilgan ma’lumotga ko’ra, 2014-yil uchun “DV” lotereyasini (Diversity Visa) o’ynash 2012-yilning 2-oktabridan boshlanmoqda. Ro’yxatdan o’tish shu yilning 2-noyabrigacha davom etadi. O’zbekistonliklar 2-oktabr kuni kech soat 9:00 dan boshlab internet orqali anketa to’ldirishni boshlashlari mumkin.

Xalq orasida “Grin karta” nomi bilan mashhur bo’lgan ushbu vizani yutib olganlar AQShda doimiy yashash huquqini qo’lga kiritish imkoniyatiga ega bo’ladi. Har yili AQSh hukumati “DV” lotereyasi orqali 50 000 atrofidagi xorijlik fuqaroga AQShda domimiy yashashi uchun viza beradi. Ushbu dasturni amalga oshirishdan maqsad AQShda kam sonli bo’lgan millatdagi immigrantlar sonini oshirish va bu bilan muhojirlar rang-barangligini muvozanatga solishdir, deyiladi hukumat ma’lumotida.

O’zbekiston “Grin karta” eng ko’p beriladigan davlatlardan biri. Har yili ushbu dastur bo’yicha o’zbekistonliklarga 4-5 ming atrofida o’rin ajratiladi.

2014-yil uchun “Grin karta” lotereyasida ishtirok etishni xohlovchilar ro’yxatdan o’tishni  http://www.dvlottery.state.gov/ sayti orqali 2-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan kechqurun 9:00 da boshlashlari mumkin. Ro’yxatdan o’tish muddati 2-noyabr kuni kechqurun soat 9:00 da o’z nihoyasiga yetadi.

Elchixona axborotiga ko’ra, ishtirok etuvchilar ro’yxatdan imkon qadar erta o’tishlari tavsiya etiladi. Dunyo bo’ylab kiruvchilar sonining kundan kunga oshib borishi oqibatida vaqt o’tishi bilan sayt ishida sekinlashish kuzatilishi mumkin. Ro’yxatdan o’tish mutlaqo bepul va oson bo’lib, AQSh hukumati “Grin karta” uchun ro’yxatdan o’tish xizmatini taklif etuvchi turli shaxs va kompaniyalar aslida firibgarlar bo’lishi mumkinligidan ogohlantiradi.

“Grin karta”da ishtirok etish uchun siz O’zbekiston fuqarosi bo’lishingiz va kamida o’rta maktab darajasidagi ta’limga ega bo’lishingiz kerak. Ro’yxatdan o’tish va boshqa talablar haqida batafsil ma’lumotni AQSh Davlat Departamentining http://www.travel.state.gov/visa/immigrants/types/types_1318.html saytidan topishingiz mumkin. Xuddi shu ma’lumotlarni o’zbek tilida AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi saytidan ham o’qishingiz mumkin: http://uzbek.uzbekistan.usembassy.gov/dv_uz.html.

Shuningdek, “Grin karta”ga topshirish yo’l yo’riqlari AQSh Davlat departamenti saytida o’zbek tilida ham berilgan: http://travel.state.gov/pdf/DV_2014_Instructions_UZBEK.pdf

“Grin Karta – 2012″ natijalari kompyuter tanlashda xatoga yo’l qo’ygani bois o’tgan yilning iyul oyi o’rtalarida bekor qilinib, tanlov ishtirokchilar orasida yangidan o’tkazilgan edi.


AQShda talabalar qarzi oshib bormoqda

$
0
0

O’tgan yili AQShda bakalavrlik darajasiga ega bo’lgan talabalarning uchdan ikki qismi o’qishni qarz bilan tamomlagan. Talabalar qarzi o’rtacha $26,500 AQSh dollarini tashkil etadi. Bu bir yil oldingi ko’rsatkichdan besh foiz yuqoridir. Bu haqda “Kollejda o’qish va muvaffaqiyat qozonish instituti” (Institute for College Access and Success) hisobotida ma’lumot berilgan.

O’qish uchun olingan qarzlarning beshdan bir qismi xususiy bank va boshqa moliyaviy kompaniyalardan olingan bo’lsa, aksariyat qismi davlat qaramog’idagi moliyaviy dastur hisobidan berilgan. O’qish uchun davlat beradigan qarz dasturi talabalarga qarzni qayta to’lashda bir qator yengilliklar beradi. Masalan, talaba o’qishni tamomlab ish topa olmasa yoki topadigan daromadi kam bo’lsa, qarzni to’lash muddati uzaytirilishi yoki daromadga yarasha oylik to’lov miqdori kamaytirilishi mumkin. AQSh hukumati tomonidan moliyalanadigan ushbu qarz dasturi haqida to’liq ma’lumotni http://www.fafsa.ed.gov/ saytidan olishingiz mumkin. Ushbu dasturda nafaqat AQSh fuqarolari, balki AQShda doimiy yashovchi xorij fuqarolari ham ishtirok etishi mumkin.

AQSh iqtisodiyoti moliyaviy inqirozga yuz tutgandan beri kollej bitiruvchilarining o’qishdan so’ng ish topishlari tobora qiyinlashib bormoqda. Ayni paytda, universitetlarda o’qish va yashash xarajatlari ham oshib bormoqda. Shu bois kollej bitiruvchilari orasida qarzdorlar va ular qarzlarining miqdori ham yildan yilga o’smoqda.

Talabalar qarzining ko’pligi bo’yicha Nyu-Xempshir shtati birinchi o’rinda. Bu yerda bitiruvchi talabalarning o’rtacha qarzi $32,450 AQSh dollarini tashkil etadi. Eng kam qarz esa Yuta shtatida kuzatilmoqda. Bu yerda talabalarning o’rtacha qarzi $17,227 AQSh dollariga teng.

6-noyabrda bo’lib o’tadigan prezidentlik saylovi uchun davom etayotgan nomzodlarning saylov kampaniyalarida ham ta’lim masalasiga alohida urg’u berilmoqda. O’tgan og’ir iqtisodiy yillarda ish topolmayotgan bitiruvchilar soni oshgan. Respublikachi nomzod Mit Romni bunda amldagi prezident Barak Obamani ayblaydi. Obama esa talabalarga davlat g’aznasidan ajratiladigan imtiyozli qarz dasturlarini yanada kengaytirish lozim, deb hisoblaydi. Romni esa ta’lim tizimiga davlatning ortiqcha aralashini xush ko’rmaydi. Talabalarning saylovdagi roli haqida “Talabalar saylov uchun qanchalik muhim” nomli maqola ham yozgan edik.

AQShda iqtisodiyot va ta’lim tizimi bir-biriga chambarchas bog’liq ekanini hech kim inkor etmaydi. Qarzdor talabalar sonining oshishiga yoki ular zimmasidagi qarz miqdorining yildan yil o’sib borayotganiga nosoz iqtisodiy muhim aybdor ekani hech kimga sir emas. Ayni paytda, uzoq muddatli barqaror iqtisodiyot qurishda ta’limning o’rni beqiyos.

10 ming dollarga bakalavr diplomi

$
0
0

Fotomontaj muallifi: Tod Vaysmen

O’zbekistonda bakalavr diplomini qo’lga kiritish necha pul turadi? Savolni noto’g'ri tushunmang. Bu yerda men diplom sotib olish haqida emas, balki bakalavrlik darajasini olish uchun kerak bo’ladigan to’rt yillik o’qish xarajatlari haqida so’rayapman. Taxmin qilamiz. Yillik kontrakt to’lovi o’rtacha $1800. Kitob-qalam va boshqa o’qishga tegishli xarajatlar (O’zbekistonda talabalarning kitob sotib olishi kamyob hodisa bo’lsa ham) uchun qo’chimcha $200. Demak, bir yilda o’rtacha $2000, to’rt yilda esa $8000 atrofida. Albatta, bunga yashash xarajatlarini qo’shmadik. Faqat o’qish uchun sarflanadigan pul.

Endi xuddi shu raqamlarni AQSh uchun hisoblaymiz. AQSh Ta’lim departamentining shu yil o’rtalarida chiqargan yangi hisobotiga ko’ra, mamlakatda bir talabaning yillik kollej xarajati $6669 ni tashkil etadi. Bu raqamga o’qish uchun to’lanadigan pul, turli talabalik to’lovlari va kitoblarga sarflanadigan xarajat kiritilgan. Demak, to’rt yil davomida talabaning jami sarfiyati $26676, ya’ni $30000 ga yaqin bo’ladi.

O’zbekiston sharoiti uchun $8000 katta pul. Hamma ham farzandini kontrakt to’lovi asosida o’qitish imkoniyatiga ega emas. Ammo o’rtahol oila amallab o’g'lining yoki qizining o’qishi uchun shu pulni topa oladi. AQShda ham shunday. Qashshoq qatlam sanaluvchi daromadi kam oilalar uchun ta’limga 30 ming dollar sarflash oson emas. Lekin o’rta qatlam oilalari bundan qimmatini ham to’lab o’qiy oladi.

Bu borada AQShdagi afzal holat shuki, deyarli har bir odam pul topib istalgan sohada o’qiy oladi. Buning uchun cho’ntagida yoki bankida naqd $30000 bo’lishi shart emas. Bankdan qarz oladi. O’qishini tamomlagach, sekin-asta ishlab shu qarzlarini uzadi. O’zbekistonda ham ta’lim kreditlarini berish yo’lga qo’yilgan, lekin hozircha uni olish hammaga ham nasib etmayapti.

Endi, tasavvur qiling. O’zbekistonda bakalavr diplomi olish uchun to’rt yil davomida sarflanadigan xarajat qariyb uch baravar kamayib, $2500 ga tushdi. Bu degani, bir yilda o’qish uchun taxminan $650 to’laysiz. Shunaqa bo’lishini xohlarmidingiz?

O’zbekistonda buni hozir orzu qilishga hali erta. Lekin AQShning ayrim shtatlarida shunday bo’lish ehtimoli bor. Ular AQShda bakalavr olish narxini O’zbekistonniki bian bir xil qilishmoqchi. To’g'rirog’i, shunga yaqinlashtirishmoqchi.

Texas, Florida kabi ayrim shtatlar gubernatorlari davlat kollejlarida bakalavrlik darajasini beradigan to’rt yillik o’qish xarajatlari (talabalik va kitob uchun to’lovlar ham shuning ichida) $10000 dan oshmasin, demoqda. Bu mamlakat bo’yab o’rtacha to’rt yillik o’qish xarajatlaridan qariyb uch barobar kam.

Ko’pchilik buning amalga oshishiga shubha bilan qaramoqda. Ularning e’tiroziga ko’ra, yildan yilga davlat ajratadigan moddiy yordam kamayib borayotgan bir paytda kollejlarning o’qish uchun to’lovlarni kamaytirishi noreal narsa.

Arzon ta’lim tarafdorlari esa bunday g’oyaning amalga oshishiga ishonadi. Ularning aytishicha, to’rt yillik o’qish xarajatlari 10 ming dollardan kam bo’lgan va bakalavr darajasi beradigan kollejlar AQShda bunday g’oya tug’ilguncha ham bo’lgan va hozir ham mavjud.

Makon Davlat kolleji ana shunday o’qishlardan biri. AQSh Ta’lim departamentining yillik hisobotida tilga olingan bu kollejda o’qish uchun talaba sarflaydigan yillik xarajat $2354 bo’lib, to’rt yillik sarfiyat $10000ga yetmaydi. Kollejda 5700 talaba o’qiydi va 18 yo’nalishda bakalavrlik darajasini beradi.

To’rt yillik o’qish xarajati $10000 atrofida bo’lgan kollejlar sirasiga yana Floridadagi Brovard kolleji (besh sohada bakalavrlik darajasi beradi), Seynt Jons River Davlat kolleji (besh sohada bakalavrlik darajasi beradi) hamda Nevadadagi Greyt Basin kolleji (olti sohada bakalavrlik darajasi beradi)ni kiritish mumkin.  Demak, 10 ming dollar bilan bakalavr darajasini olish amaliyotda bugungacha ham bo’lgan.

Kollej mutasaddilari va professorlar o’qishni arzon qilish ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etishidan xavotirda. O’qish sifati qancha yuqori bo’lsa, buning uchun sarflanadigan xarajat ham shuncha kop’ bo’ladi, deydi ular.

Shunga qaramay, gubernatorlar tomonidan olg’a surilayotgan arzon ta’lim g’oyasiga labbay deb javob berayotgan kollejlar bor. Masalan, Texasda o’nga yaqin kollej yangi o’quv yilidan to’rt yillik xarajati o’n ming dollardan oshmaydigan o’quv dasturlarini boshlamoqchi. Florida shtati ham bu borada Texasning yo’lidan borish arafasida.

Xullas, ta’lim olishni yanada arzonlashtirish tashabbusi AQShda federal hukumat tomonidan ham, shtatlar hukumati tomonidan ham tez-tez tilga olinadigan masala. Hukumat hisobotiga ko’ra, AQShda bakalavrlik diplomini oladigan har bir talaba o’qishni o’rtacha 20 ming dollar qarz bilan tamomlaydi. Iqtisodiyot muammoga yuz tutib turgan davrda, ayniqsa, talabalar ko’p aziyat chekmoqda. Hozirgi sharoitda ularning ish topishi yanada qiyinlashgan. Shu bois davlat ularning og’irini yengil qilish maqsadida imtiyozli qarz dasturlarini joriy etgan. O’qish narxini kamaytirishga qaratilgan tashabbus ham shu yo’ldagi sa’y-harakatlardan biri.

Xo’sh, bu mavzuda sizning fikringiz qanday?

Garvardda bepul o’qishni istaysizmi?

$
0
0

Garvard universiteti, Massachusets Texnologiya instituti, Berklidagi Kaliforniya universiteti – bular nafaqat AQShning, balki butun dunyoning eng zo’r universitetlari hisoblanadi. Bu yerda o’qish ko’pchilik uchun ushalmas orzu. Ayni paytda, o’qish sarf-xarajatlarini hammaning ham cho’ntagi ko’taravermaydi.

Xoh ishoning, xoh ishonmang, bu oliygohlar bugun butun dunyodagi talabalar uchun bepul kurslar taqdim etmoqda. Qanday qilib deysizmi? Unda, davomini o’qing.

Garvard universiteti va Massachusets Texnologiya instituti hamkorlikda “edX” nomli notijorat ta’lim uyushmasi ochgan. Maqsad – internet orqali “onlayn” ta’lim istiqbollarini o’rganish, universitet binosiga kelib o’qish imkoniyatiga ega bo’lmagan va iqtisodiy jihatdan nochor talabalar uchun turli bepul kurslarni tashkil etish.

Bu haqda ilgari ham xabar bergan edik. Bu safar loyiha doirasida taqdim etilayotgan kurslar haqida to’liqroq ma’lumot bermoqchimiz.

Hozirda internet orqali quyidagi kurslar bepul taqdim etilmoqda:

3.091x: Introduction to Solid State Chemistry

Ushbu kursda kimyo fanining asosiy tamoyillari va moddalarning kimyoviy xossalari o’rgatiladi. Massachusets Texnologiya institutida talabalar eng ko’p qatnashadigan kurslardan biri. 35 yildan beri o’qitiladi. O’qish va dars materiallari mutlaqo bepul. Kursga qo’shilish uchun edX sayti orqali ro’yxatdan o’tishingiz kerak. Darsni olish uchun qo’yiladigan talab – kimyodan yuqori maktabda o’tilgan ma’lumotlar darajasida bilimga ega bo’lish.

CS50x: Introduction to Computer Science

Garvard universiteti tomonidan taqdim etilayotgan bu kursda kompyuter va dasturlash san’atidan boshlang’ich ma’lumot olasiz. Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Garvarddan guvohnoma oladi.  Kurs bepul va unga yozilish uchun biror shart qo’yilmagan.

CS169.1x: Software as a Service

Dasturlash injenerligi sohasining asosiy tamoyillari haqidagi fan. Unda “Ruby on Rails” dasturlash tili bilan ishlanadi. Ushbu darsni olish uchun Java, C#, C++, Python yoki Ruby nomli dasturlash tillarini bilish lozim. Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Kaliforniya universitetining sertifikatini oladi.

6.002x: Circuits and Electronics

Elektr injenerligi sohasiga oid fan. Bu darsni olish uchun elektr va magnit fizikasidan boshlang’ich bilimga ega bo’lishingiz lozim. Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga Massachusets Texnologiya instituti sertifikati topshiriladi.

PH207x: Health in Numbers: Quantitative Methods in Clinical & Public Health Research

Garvard taqdim etayotgan kurslardan biri. Sog’liqni soqlash sohasidagi tadqiqotchilar uchun ilmiy izlanish olib borishning hisob-kitob uslublari o’rgatiladi. Kursni olishdan oldin talabalar algebra fanini yaxshi bilishlari kerak. Bitirganlar Garvard guvohnomasini qo’lga kiritadi.

CS169.2x: Software as a Service

Dasturlash injenerligi sohasining asosiy tamoyillari haqidagi fanning davomi. Unda JavaScript orqali yanada murakkab dasturlarni yaratish o’rgatiladi. Kursni olish uchun shu nomdagi birinchi darsni o’qigan bo’lishingiz kerak. Muvaffaqiyatli tamomlaganlar Kaliforniya universitetining shahodatnomasiga ega bo’ladi.

6.00x: Introduction to Computer Science and Programming

Komyuter fani va dasturlashga oid yana bir kurs. Massachusets Texnologiya instituti taqdim etadi. Kursga yozilish uchun biror shart qo’yilmagan.  Yuqori maktab darajasida matematikani bilish kifoya qiladi. Darsda o’tiladigan qo’llanmani $24 ga sotib olishingiz mumkin. Ammo kitobni sotib olish majburiy emas. Muvaffaqiyatli bitirganlar, albatta, Massachusets Texnologiya instituti sertifikatini qo’lga kiritadi.

CS184.1x: Foundations of Computer Graphics

Kompyuter grafikasi asoslariga oid fan. Kaliforniya universiteti taqdim etadi. Talabalar 3D o’lchamdagi sahnalarni yaratishni o’rganadi. Ushbu darsga yozilish uchun qo’yiladigan talablar:

  1. C/C++  dasturlash tilini yaxshi bilish;
  2. Yaxshi jihozlangan kompyuterga ega bo’lish (Windows, Mac OSX or Linux);
  3. Yuqori maktab darajasida matematikani bilish.

Bitirganlar Kaliforniya universiteti shahodatnomasiga ega bo’ladi.

CS188.1x: Artificial Intelligence

Sun’iy aql haqidagi fan. Bu kursda ilm-fan olamida birmuncha yangi, ammo ko’plab texnologiya sohalarini allaqachon egallab borayotgan sun’iy aql tushunchasi haqida boshlang’ich ma’lumot olasiz. Kaliforniya universiteti tomonidan taqdim etiladi. Muvaffaqiyatli bitirganlar shahodatnoma oladi.

 

So’ngso’z: Yuqoridagi barcha kurslar mutlaqo bepul va ulargan istalgan joydan turib qatnashish mumkin. Internetga ulangan kompyuteringiz bo’lsa bas. Shuningdek, kop darslarda jonli qatnashishingiz ham shart emas. Eng muhimi, ular dunyoning eng nufuzli oliygohlari tomonidan taqdim etilyapti. Shu sohalarga qiziqishi bor, minimum talablariga javob bera oladigan barcha o’quvchlarimizga ushbu kurslarda qatnashishni tavsiya qilamiz. Kurslar va ularga ro’yxatdan o’tish haqida to’liq ma’lumot uchun edX saytiga tashrif buyuring: www.edx.org

Shoshiling: “UGRAD” uchun ariza topshirish muddati tugashiga oz qoldi!

$
0
0

Hozir O’zbekistonda bakalavrlik darajasi beradigan universitet yoki institutda 1,2,3 yoki 4-kursda o’qiyotgan talabalar diqqatiga! AQShda o’qish uchun yana bir imkoniyat: AQSh elchixonasi “Global Bakalavr Almashinuv Dasturi (Global UGRAD)” uchun arizalarni qabul qilish davom etmoqda. Hujjatlarni topshirishning oxirgi kuni – 14-yanvar, 2013-yil.

“UGRAD” haqida ma’lumot

Evroosiyo va O‘rta Osiyodagi Global Bakalavr Almashinuv Dasturi (sobiq Evroosiyo Bakalavr Almashinuv Dasturi) AQSh Davlat Departamentining Ta’lim va Madaniyat Ishlari bo‘yicha Byurosi dasturidir. Dastur Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O‘zbekiston mamlakatlarida bakalavrlik darajasi uchun o‘qiyotgan birinchi, ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi kurs talabalariga AQShda bir yillik unvon berilmaydigan o‘quv kursida tahsil olishlari uchun imkoniyat beradi. Birinchi kurs talabalari ikki yillik jamoa kollejlarida o’qib, bilim yurt yotoqxonalarida yoki Amerika oilalarida istiqomat qiladi. Ikkinchi va uchinchi kurs talabalari esa to‘rt yillik universitetlar va kollejlarda o’qiydi va bilim yurti yotoqxonalarida yashaydi.

Global UGRAD uchun o‘quv yo‘nalishlari quyida keltirilgan. Boshqa yo‘nalishlar ham ko‘rib chiqilishi mumkin.

  •     Buxgalteriya hisobi
  •     Qishloq xo‘jaligi
  •     Antropologiya
  •     Biologiya
  •     Biznes
  •     Kimyo
  •     Kompyuter fani
  •     Kriminalistika
  •     Iqtisodiyot
  •     Ta’lim
  •     Muhandislik
  •     Atrof-muhitni saqlash dasturlarini boshqarish
  •     Geologiya
  •     Mehmonxona boshqaruvi
  •     Xalqaro Aloqalar
  •     Jurnalistika
  •     Huquqshunoslik
  •     Kommunikatsiya
  •     Fizika
  •     Siyosatshunoslik
  •     Psixologiya
  •     Sotsiologiya
  •     Shaharlarni rejalashtirish
  •     Amerikashunoslik

Tanlovda qatnashish shartlari

Irqi, rangi, diniy e’tiqodi, millati va jinsidan qat’i nazar, barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. Nogiron shaxslarning hujjat topshirishlari rag‘batlantiriladi. “Global UGRAD Dasturi” ishtirokchilari ko‘rsatgan bilim va tajribalarining natijasiga ko‘ra tanlab olinadi va quyidagi talablarga javob bergan har qanday shaxs tanlovda ishtirok etishi mumkin:

Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O‘zbekiston respublikalaridan birontasining pasportiga ega bo‘lgan fuqarolar yoki doimiy rezidentlar;

Hozirgi paytda Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O‘zbekiston respublikalaridan birida istiqomat qilayotgan shaxs;

Nomzod aytib o‘tilgan 12 ta davlatdan biridagi oliy o‘quv yurtining kunduzgi o‘qishida bakalavr unvoni uchun tahsil olayotgan hamda  topshirish vaqtida a’lo baholar bilan o‘qiyotgan birinchi, ikkinchi, uchinchi yoki to’rtinchi kurs talabasi bo‘lishi shart. To’rtinchi kurs talabalari ishtirok etishi uchun hali o’qishni tamomlamagan bo’lishi va “UGRAD” dasturini bitirib qaytgandan keyin kamida bir semestr o’z mamlakatidagi o’qishini davom ettirishi lozim.

Qatnashuvchi  AQShga jo‘nab ketadigan paytda 18 – 24 yosh oralig‘ida bo‘lishi lozim;

Dastur tugashi bilan o‘z mamlakatiga qaytishi lozim;

Ariza topshirish vaqtida og‘zaki va yozma ingliz tilini mukammal o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim.

Dasturda qatnasha olmaydiganlar

Quyida keltirilgan holatlardagi shaxslar Global Bakalavr Almashinuv Dasturida ishtirok etish uchun noloyiq hisoblanadi:

AQSh fuqarolari va AQSh doimiy rezidentlari;

Hozirgi paytda AQShda o‘tkazilayotgan akademik, treyning va ilmiy-tadqiqot dasturlarida ishtirok etayotgan shaxslar;

12 ta qatnashayotgan mamlakatlardan tashqarida tahsil olayotgan, istiqomat qilayotgan yoki ishlayotgan shaxslar;

Olti haftadan ziyod bo‘lgan, AQSh hukumati tomonidan moliyalangan almashinuv dasturlari bo‘yicha AQShga tashrif buyurgan va ikki yillik o‘z mamlakatida yashash majburiyatini tugatmagan shaxslar;

So‘nggi uch yil davomida AQSh doimiy rezidentligi uchun hujjat topshirgan shaxslar;

AQSh Davlat departamenti yoki AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) ning chet ellardagi vakolatxonalarida  ishlovchi mahalliy xodimlar. Ushbu xodimlar ishdan ketganlaridan keyingi bir yil davomida ham topshira olmaydilar;

AQSh Davlat departamenti yoki AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) xodimlarining yaqin oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i va qaramog‘idagi farzandlari) ham mazkur xodimlar ishdan ketganlaridan keyingi bir yil davomida ishtirok etish uchun noloyiq hisoblanadi;

Muqaddam qamalib chiqqan, jinoyatda ayblangan yoki sudlangan shaxslar (kichik qoidabuzarliklar bundan mustasno).

Hujjat yuboriladigan joy va vaqt

To’ldirilgan anketa va qo’shimcha hujjatlar 2013-yilning 14-yanvarigacha Toshkentdagi AQSh elchixonasiga topshirilishi kerak.

Manzil: Moyqo‘rg‘on ko‘chasi, 3-uy, Yunusobod tumani, 5-kvartal
Toshkent, 100093 O‘zbekiston
Telefon: (+998-71) 140-2441
Faks: (+998-71) 120-6302

Anketa va qo’shimcha ma’lumotlar (Ingliz tilida)

2013-2014 Global UGRAD Application (PDF – 716kB)

2013-2014 Global UGRAD Paper Application Instructions.pdf (PDF – 106kB)

2013-2014 Global UGRAD Supplemental Form (PDF – 229kB)

2013-2014 Global UGRAD Application Frequently Asked Questions (FAQ) (PDF – 83kB)

Savollaringiz bormi?

Dastur bo’yicha qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, ularni tashkent-program@state.gov elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin. Xatingizning  mavzusi ko‘rsatiladigan qatorga “Global UGRAD” deb yozishni unutmang.

AQShning eng sevimli universitetlari

$
0
0

Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti ramziy belgisi

AQShda eng ko’p abiturientni o’ziga jalb qiladigan universitetlarni, shartli ravishda, sevimli universitetlar deb atadik. Chunki odam faqat o’zi yoqtirgan joyda o’qishni istaydi. Shunday ekan, eng ko’p hujjat topshirilayotgan universitetni eng ko’p sevilgan oliy o’quv yurti deb atash mumkin.

Bu universitetlarning nega buncha kop’ odamni o’ziga jalb qilishining sabablari turlicha. Lekin eng muhimi, albatta, o’qish sifati chakki emas. Amerikaliklar o’qish tanlashda, birinchi navbatda, universitetning sifat darajasiga qaraydi. Keling, endi raqamlarga nazar tashlaylik.

2011-yilda AQShda jami 8,2 million abiturient o’qish uchun ariza topshirgan. Qizig’i, eng ko’p abiturient jalb etgan 10 ta universitetning yettitasi Kaliforniya shtatida joylashgan.

Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetiga (University of California in Los Angeles) bakalavrlik darajasi uchun o’qishga jami 61,564 ta ariza kelib tushgan. Bu AQShdagi 1333 oliy o’quv yurti orasidagi eng katta ko’rsatkich.

San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti (University of California in San Diego) va Berklidagi Kaliforniya universitetining (University of California in Berkley) har biri 50 mingdan ortiq ariza qabul qilgan. Long Bichdagi Kaliforniya davlat universitetiga (California State University in Long Beach) topshirilgan hujjatlar soni ham deyarli shunga yaqin – 49,767 ta.

Eng ko’p abiturient hujjat topshirgan kuchli o’nlikka kirgan, lekin Kaliforniyadan tashqarida joylashgan ikkita universitet Pensilvaniya shtatidan. Filadelfiyadagi Dreksel universitetida (Drexel University) o’qish istagida bo’lganlar 48,450 tani tashkil etgan bo’lsa, Pensilvaniya Davlat universitetida (Pennsylvania State University–University Park) talabalikka talabgorlar soni 45,502 taga yetgan.
Eng kop’ hujjat qabul qilish bu universitetlar eng zo’ri degani emas, albatta. O’qishga hujjat topshirishda abiturientlar ko’p jihatlarni hisobga olishadi. Iqtisodiy sharoit qiyin bo’lgan hozirgi paytda o’qish narxining arzonligi yoki moliyaviy yordam olish imkoniyatining yaxshiligi ham talabalarni qaysi universitetni tanlash qarorida muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun eng ko’p hujjat qabul qilgan universitetlarni eng yaxshi universitetlar deb tushunish to’g'ri emas.

 

2011-yilda o’ziga eng ko’p abiturient jalb etgan AQShning o’nta universiteti:

 

Universitet nomi va shtat Qabul qilingan arizalar soni Universitetlar reytingidagi o’rni
University of California–Los Angeles 61,564 24, National Universities
University of California–San Diego 53,448 38, National Universities
St. John’s University (NY) 52,972 147, National Universities
University of California–Berkeley 52,966 21, National Universities
California State University–Long Beach 49,767 28, Regional Universities (West)
University of California–Irvine 49,287 44, National Universities
University of California–Santa Barbara 49,008 41, National Universities
Drexel University (PA) 48,450 83, National Universities
University of California–Davis 45,806 38, National Universities
Pennsylvania State University–University Park 45,502 46, National Universities

Xorijda magistratura uchun o’qish topish yo’llari (Bir talaba tajribasidan)

$
0
0

© Lawschoolplan.com

Oxirgi paytlar mendan tez-tez qanday qilib chet elda magistratura programmasini topganim va stipendiyaga oʻqiyotganim haqida soʻrashyapti. Boshida, bu narsa juda qiyin, amalga oshirib boʻlmaydigan narsadek tuyulishi mumkin.

Toʻgri, bu oson ish emas, sizdan ancha harakat, qunt va sabr talab qilinadi. Lekin bu dunyoda iloji yoʻq narsaning oʻzi yoʻq. Harakat bilan hamma narsaga erishish mumkin. Xohish boʻlsa, bas!

Insonga biron ishni boshlash uchun ilhom kerak boʻlar ekan. Mening bakalavr bosqichimni muvaffaqiyatli tamomlab, chet elda magistratura uchun o’qishga topshirishimga ikki doʻstim sababchi boʻlgan. Ularni koʻrib, menda ham chet elda oʻqish ishtiyoqi paydo boʻlgan. Endi esa mening ham qarzimni qaytarish vaqti keldi. Ushbu maqolada men oʻzim shu yo’lda bosib oʻtgan bosqichlarim haqida ma’lumot beraman. Buning sizga foydasi tegadi, deb umid qilaman.

1-bosqich:Harakatni kamida bir yil oldin boshlang

Harakatni oʻqishga kirish uchun moʻljallagan vaqtingizdan bir-ikki yil oldin boshlashingiz kerak. Avvalo, oʻzingizni qiziqtirgan o’quv dasturlarini internetdan qidirib topib, ularning roʻyxatini tuzishingiz lozim. Programmalarni qidirayotganda stipendiya olish imkoniyati bor yoki yoʻqligiga ahamiyat bering. Men institutni tamomlashimga bir yarim yil qolganda, bitta daftar olib, har bir sahifasini u yoki bu magistratura programmasi nomi bilan nomlaganman. Keyin oʻsha sahifada programmaga qabul qilinish uchun talablar, grant olish imkoniyatlari, qoʻshimcha maʼlumotlarni yozib borganman. Avvaliga turli davlatlarda boʻlgan 15 ga yaqin magistratura programmasi haqida maʼlumot toʻpladim. Maʼlumotlarni toʻplash juda muhim, chunki har bir programmaning talablariga sinchkovlik bilan eʼtibor berib, ularga javob berish kerak.

2-bosqich: Ingliz tili imtihoniga tayyorlanish

Bu bosqich ham oʻqishga kirishga moʻljallagan vaqtingizdan 1-2 yil yil oldin boshlanadi. Qancha erta boshlasangiz, shuncha yaxshi. Bu ingliz tili imtihoni uchun tayyorlanish. Chet elda magistratura dasturlari, asosan, ingliz tilida boʻladi. Tabiiyki, ingliz tilini yaxshi darajada bilishingiz zarur. Universitetlar ingliz tilini bilish darajasi yaxshiligiga ishonch hosil qilish uchun sizdan IELTS yoki TOEFL nomli ingliz tili boʻyicha test sertifikatlarini talan etishadi. Men oʻzim IELTS testini topshirganman. Bu testni Oʻzbekistondagi Britaniya kengashi (British Council)da topshirish mumkin. Test pulli boʻlib, narxini http://www.britishcouncil.org/uzbekistan-learning-exams-ielts-register.htm saytidan koʻrishingiz mumkin. Bu testni baholash shkalasi 0 dan 9 gacha boʻlib, 0 — test topshirishga umuman kelmagan odamlarga, 1 — ingliz tilini bilish darajasi juda sayoz boʻlganlarga, 9 esa ingliz tilini ona tilisiga yaqin darajada oʻzlashtirganlarga beriladi.

Magistratura programmalari odatda IELTSdan 6 yoki 7 ballni talab etadi. Mening umumiy IELTS ballim 7 boʻlgan. Stipendiya olishga imkoniyatlaringizni koʻpaytirish uchun iloji boricha yuqoriroq ball olishga harakat qiling. Ingliz tiliga tayyorlanish jarayonim esa quyidagicha kechgan:

Maxsus tayyorlov kurslariga bormadim. Oʻzim — uyda va ingliz tili kutubxonalarida mustaqil tayyorlandim. Ingliz tilini va umuman, barcha tillarni tez oʻrganishning siri — bu tilni oxirgi maqsad emas, balki boshqa narsalarni oʻrganishda vosita deb bilishdir.

Ingliz tilini kitobdan grammatikasini oʻrganib oʻtirsangiz, juda koʻp vaqtingiz ketadi. Ingliz tilida kitoblar oʻqisangiz, tarjimalar bilan shugʻullansangiz, soʻzlashuv klublariga borsangiz esa, tilni qanday tez va yaxshi oʻrganib olganingizni sezmay qolasiz. IELTS testini oʻqish boshlanishi moʻljallangan muddatdan 1 yil avval topshirish maqsadga muvofiqdir.

3-bosqich: Kerakli hujjatlarni yigʻish

Agar oʻqishni tugatgan boʻlsangiz, diplom va baholar sahifasini ingliz tiliga tarjima qilish kerak boʻladi. Odatda, universitetlar notariusda yoki dekanatda tasdiqlangan (yaʼni, ularning muhri qoʻyilgan) hujjatlarni talab qiladi. Agar 4-kursda oʻqiyotgan boʻlsangiz, unda reyting daftarchangizni ingliz tiliga tarjima qilib, dekanat yoki notariusda muhrlab olishingiz zarur. Dastlabki bosqichda universitetlarga hujjatlarning skanerda olingan nusxasini yuborish kifoya qiladi. Lekin baʼzi universitetlar asl nusxalarni pochta orqali yuborishingizni soʻrashlari mumkin. Shuning uchun, iloji boricha,  hujjatlarni bir necha nusxada tayyorlab qo’yishingiz kerak.

4-bosqich: Maqsadlaringiz haqida insho yozish

Hujjatlaringizga qo’shib “Essay” deya ataladigan insho ham yuborishingiz kerak. Bu juda muhim. Universitetlar nima uchun aynan sizni tanlashlari kerak? Ular sizning inshoingizni o’qiganda shu savolga javob qidirishadi. Bakalavr paytida olgan baholaringiz a’lo bo’lishi mumkin. Hujjatlaringiz, ingliz tili imtihoningiz talab darajasida. Boshqa nomzodlarda ham xuddi shunday bo’lishi mumin. Ular orasidan qaysi birini tanlash masalasini, odatda, mana shu “essay”lar hal qiladi. Bunday xat odatda bir yoki ikki sahifadan iborat boʻladi. Bunda siz oʻzingiz va qiziqishlaringiz, nima uchun aynan shu sohada va shu universitetda  o’qimoqchi ekaningiz haqida yozishingiz kerak.

Bunday xat uchun namunalarni internetdan ko’plab topishingiz mumkin. “Motivation letter” yoki “Statement of purpose” deb qidirsangiz, yuzlab misollar chiqadi. Lekin aslo xatlarni internetdan koʻchirmang, chunki tanlov jarayonida xatingizning plagiat yoki plagiat emasligini tekshirishlari mumkin. Bu xatni yozganingizdan soʻng, uni 2-3 doʻstingizga oʻqishga bering. Ular xatolaringizni tuzatib, qoʻshimcha tavsiyalarni berishlari mumkin.

5-bosqich: Rezyume (CV) yozish

Hujjatlarga qo’shib jo’natiladigan rezyumeda siz o’zingiz oʻqigan va ishlagan joylaringizni, qanday tillarni bilishingizni, olgan sertifikatlaringiz, mukofotlaringizni sanab oʻtasiz. Ilmiy maqolalaringiz chop etilgan bo’lsa, ularni ham yozishingiz kerak. Rezyumelarni qanday yozish haqida ma’lumotlarni va namunalarni internetdan topishingiz mumkin.

6-bosqich: Tavsiyanomalar

Universitetlar odatda 2 yoki 3 ta tavsiyanoma soʻraydi. Bu tavsiyanomalar sizni yaxshi tanigan oʻqituvchilar yoki ish joyingizdagi rahbarlaringiz tomonidan yozilishi lozim. Tavsiyanoma oxirida ushbu tavsiyanomani bergan inson bilan bogʻlanish maʼlumotlari — telefon va e-mail manzillari berilishi kerak. Tavsiyanomalarni ish joyingizdan emas, sizni universitetda o’qitgan o’qituvchilaringizdan olganingiz ma’qul.

7-bosqich: Hujjatlarni jo’natish

Nihoyat, universitetlarga hujjatlarni topshirish bosqichi keldi. Endilikda barcha hujjatlaringizni skan qilib, universitetlarning hujjatlar qabul qilish uchun e’lon qilgan e-mail manzillariga yuborasiz. Hozir ko’plab universitetlar qabul jarayonini internert orqali amalga oshirmoqda. Ya’ni, siz internetdagi universitetning qabulllar uchun ochilgan maxsus veb-sahifasiga kirib, u yerda “onlayn” anketa to’ldirasiz va hujjatlaringizni ilova qilib, barchasini internet orqali jo’natasiz. Hujjat topshirishning soʻnggi muddatini (deadline) o’tkazib yubormang. “Deadline” muddati tugagandan soʻng hujjatlar qabul qilinmaydi.

Doʻstlar, sizlarga omad tilagan holda maqolamni shu yerda tugataman. Shuni unutmangki, harakat qilsa, hamma narsaga erishsa boʻladi.

Hurmat bilan,

Qamarniso

“Fulbright” granti magistratura uchun arizalar qabulini boshladi

$
0
0

Fulbrayt xorijiy talaba dasturi (Fulbright Foreign Student Program) ikki yilgacha bo’lgan magistrlik darajasi uchun 2014-2015-o’quv yiliga ishtirokchilardan arizalar qabul qilishni boshladi. Tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, AQSh universitetlaridan biriga qabul qilingan talabalar ikki yilgacha AQShda o’qish imkoniyatini qo’lga kiritadi. O’qish, yashash va safar bilan bog’liq barcha xarajatlar AQSh hukumatining Ta’lim va madaniyat ishlari  byurosi tomonidan ta’minlanadi.

Xabaringiz bo’lsa, AQShda magistratura o’qish uchun grant ajratuvchi “Muskie” dasturi moliyaviy yetishmovchiliklar bois o’tgan yili faoliyatini to’xtatdi. Shundan beri Fulbrayt dasturi AQSh hukumatining magistratura uchun xorijlik talabalar uchun ajratayotgan yagona granti bo’lib turibdi.

Xorijda, xususan, AQShda o’qish imkoniyatini qidirayotgan vatandoshlarimiz uchun ushbu dastur ayni muddao. Dastur talablariga javob beruvchi  barcha vatandoshlarimizni unda ishtirok etishga chaqiramiz.

Dastur haqida qisqacha ma’lumot:

Fulbrayt Xorijiy Talaba Dasturi gumanitar yo‘nalishlar, tabiiy fanlar, jumladan, muhandislik va ijtimoiy fanlar bo‘yicha o‘qish uchun ariza va hujjatlarni qabul qiladi. O’zbekistondagi AQSh elchixonasi veb saytining dastur haqidagi ma’lumotlar sahifasida Edmund Maski Bitiruvchilar Stipendiyasi dasturida  ko‘zda tutilgan akademik yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishni istagan nomzodlar Fulbrayt Xorijiy Talaba Dasturiga ariza topshirishi mumkin. Bu yo’nalishlar quyidagilardan iborat:

  • Biznes Boshqaruvi;
  • Iqtisodiyot;
  • Huquqshunoslik;
  • Davlat Boshqaruvi;
  • Davlat Siyosati;
  • Maorif;
  • Atrof-muhitni asrashni boshqarish;
  • Xalqaro Munosabatlar;
  • Kutubxona va Axborotlar Fani;
  • Jurnalistika/Kommunikatsiya;
  • Sog‘liqni Saqlash.

Qatnashuvchilar ochiq raqobat sharoitida, bilim va tajribalari asosida tanlab olinadi. Tanlovda qatnashuvchilarning yetakchilik qobiliyati, a’lo baholarga o‘qishi, AQShdagi hayotga muvaffaqiyatli moslasha olish qobiliyati, amerikaliklar bilan muloqotga kirishish ishtiyoqi, Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘rta Osiyo mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro anglashuvni olg‘a surish salohiyatiga katta e’tibor beriladi.

Dastur Talablari:

Nomzodlar O‘zbekiston fuqarolari yoki mamlakat tomonidan beriladigan haqiqiy pasport olish huquqiga ega doimiy istiqomat qiluvchi bo‘lishi lozim.
Nomzodlar grant muddati boshlanish paytida AQSH ta’lim darajasi bo‘yicha bakalavr unvoniga tenglashtirilgan ma’lumot sohibi bo‘lishlari lozim.
Qaysi universitetdan bo‘lishidan qat’i nazar, magistr ma’lumotiga ega bo‘lgan nomzodlar ushbu dasturda ishtirok eta olmaydi.

Nomzodlar AQShdagi o‘qishlarini muvaffaqiyatli yakunlashlari uchun ingliz tilini yetarli darajada o‘zlashtirgan bo‘lishlari zarur. Ularning qog‘oz-asosidagi TOEFL baholari kamida 550 ga yoki uning kompyuter  yoki internet asosidagi ekvivalentiga teng bo‘lishi kerak.

Dastur haqidagi ma’lumotnomada AQShda bo’lmagan ishtirokchilarning yutish imkoniyatlari ko’proq ekani aytilgan. Hozirgi kunda AQShda bo‘lgan nomzodlar ishtirok eta olmaydi. Tanlov jarayonida nomzodning moliyaviy ehtiyojlari yoki holatiga e’tibor berilmaydi.

Muhim eslatma:

J-viza talablariga binoan hamda o‘zaro anglashuvni olg‘a surish maqsadida barcha grant oluvchilar dastur tugashi bilan o‘z mamlakatlariga qaytib, unda kamida ikki yil yashashlari lozim.

Dastur tomonidan ta’minlanadigan grant miqdori:

Barcha grant sohiblari o‘qish to‘lovi, 24 oygacha bo‘lgan oylik stipendiyalar, kasallik va baxtsiz hodisalarga qarshi sug‘urta xarajatlari, kitob va jihozlar uchun ajratiladigan mablag‘lar, safar xarajatlari uchun moddiy yordam hamda Fulbrayt tomonidan uyushtiriladigan tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatlari bilan ta’minlanadi.

Ariza topshirish sanasi:

2014-2015-o’quv yili uchun arizalar 2013-yil 20-iyungacha qabul qilinadi.

Hujjatlarni topshirish tartibi:

Hujjat va arizalarni  topshirish yo’l-yo’riqlari haqida batafsil ma’lumot (ingliz tilida): Application Instructions (PDF-163kB)

Hujjatlarni internet orqali to’gridan to’g’ri topshirishingiz mumkin. Buning uchun “Fulbright” dasturi rsamiy veb-sahifasida ro’yxatdan o’tishingiz va elektron anketani to’ldirishingiz kerak.

Fulbright Foreign Student Program Online Application

Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, Toshkentdagi AQSH elchixonasiga murojaat etishingiz mumkin. Murojaat uchun manzil:

U.S. Embassy Tashkent
3 Moyqorgon Street,
Yunusabad 5th District, Tashkent
(998 71) 120-5450

Savollarni elektron pochta orqali quyidagi e-mail manziliga ham yuborishingiz mumkin:  Tashkent-program@state.gov

Maktub nomi yoziladigan joyga “Fulbright Foreign Student Program” deb yozishni unutmang.

Shoshiling va ushbu imkoniyatni qo’ldan boy bermang!


O’qituvchilar diqqatiga: AQShda malaka oshirishni istaysizmi?

$
0
0

O’zbekistonda o’qituvchimisiz? Ingliz tili, ijtimoiy fanlar (ijtimoiy ta’lim, fuqarolik huquqi, tarix yoki geografiya) yoki matematika va tabiiy fanlardan birini o’qitasizmi? Unda siz ikki oy muddatga AQShga kelib o’qib ketish imkoniyatiga egasiz. Shoshiling, bir oy vaqtingiz qoldi.

Hujjatlarni topshirish muddati 18-mart, 2013-yil, 18:00.

Muallimlik fazilatlari va yutuqlari dasturi (The Teaching Excellence and Achievement (TEA) Program) AQSh Davlat Departamentining Ta’lim va Madaniyat Ishlari bo‘yicha Byurosi dasturi bo’lib, Yevropa va Yevroosiyo, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani, Yaqin Sharq, Janubiy va O‘rta Osiyo, Sahro Afrikasi va G‘arbiy yarim shar mintaqalaridan 156 nafar o‘rta maktab o‘qituvchilarini har yili o‘z sohalarida tajribalarini kengaytirish, dars berish qobiliyatlarini rivojlantirish hamda AQSh to‘g‘risidagi bilimlarini yanada oshirish uchun AQShga olib keladi.

Xalqaro qatnashchilar 75-78 nafar o‘qituvchilardan iborat ikki guruh bo‘lib, yiliga ikki marta AQShga tashrif buyuradilar. Ularning dasturlari o‘quv metodologiyasi, darslarni rejalashtirish va ishtirokchilar vatanlaridagi sharoitda o‘qitish metodologiyasi strategiyalarini ishlab chiqish, internetda izlanishlar va yozuv-chizuv ishlari uchun hamda o‘quv qo‘llanmasi sifatida kompyuterlardan foydalanish bo‘yicha kurs ishlari va jadal treninglardan iborat. Shu bilan birga, olti haftalik dastur qatnashchilarni AQSh ta’lim tizimi bilan bevosita tanishtirish va tajribalar almashish maqsadida ikki haftadan iborat o‘rta maktabda dars berish amaliyotini ham o‘z ichiga oladi. Dastur davomida qatnashchilar uchun AQSh madaniy yodgorliklariga tashriflar uyushtiriladi hamda ularga akademik ko‘mak ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, dastur xalqaro o‘qituvchilarga maktablari uchun kerakli materiallarni sotib olishlari, boshqa o‘qituvchilar uchun treninglar o‘tkazish hamda ularning almashinuv tajribasiga yordam beruvchi boshqa tadbirlarni tashkil etish maqsadlari uchun qo‘shimcha grantlarni taqdim etadi.

Dastur doirsida quyidagi xarajatlar qoplanadi:

J-1 vizasini olishda yordam berish;

Toshkentda safaroldi tayyorgarligini o’tkazish;

Borib-kelish va AQShichidagi safar uchun samolyot chiptasi;

Poytaxt Vashingtonda o‘tkaziladigan kutib olish marosimi;

Akademik o‘quv pullari;

Baxtsiz hodisa va sog’liq sug’urtasi;

Uy-joy ijarasi (aksariyat hollarda boshqa dastur ishtirokchilari bilan taqsimlanadi) va oziq-ovqat;

Amaliyot maktabiga qatnash transport xarajatlari (agar lozim bo‘lsa);

Kitoblar/professional rivojlanish uchun mablag‘lar;

AQShning qabul qiluvchi universiteti tomonidan o‘tkaziladigan yakuniy anjuman;

AQSh o‘qituvchisini ikki hafta muddatga qabul qilish hamda dasturdan keyingi grantlarni olish uchun ariza topshirish imkoniyatlari;

Dastur yakunidan keyingi yangi grantlarni olish uchun ariza topshirish imkoniyati.

Tanlov Talablari

Dasturda qatnashish uchun nomzod quyidagi talablarga javob berishi kerak:

To‘liq stavkada ishlovchi o’rta maktab o’qituvchisi bo’lish;

Ingliz tili, ijtimoiy fanlar (ijtimoiy ta’lim, fuqarolik huquqi, tarix yoki geografiya) yoki matematika va tabiiy fanlardan birini o’qitishi;

Kamida besh yil o‘qituvchilik tajribasiga ega bo‘lishi;

O‘zbekiston fuqarosi;

Og‘zaki va yozma ingliz tilini yaxshi bilishi (Internet asosidagi TOEFLdan kamida 45-46 bal olishi kerak);

Dastur tugashi bilan vataniga qaytib, kamida yana besh yil dars berishi kerak.

Dasturda qatnashish tartibi

2014-yil uchun “Muallimlik fazilatlari va yutuqlari” dasturida qatnashish uchun topshiriladigna anketani shu yerdan saqlab olishingiz mumkin (PDF – 425kB). Ushbu anketaga qo’shimcha ravishda o’zingiz ishlaydigan maktabdan qo’llab-quvvatlov va tavsiya xati  olishingiz kerak. Bu xatga rahbaringiz yoki maktab direktori imzo qo’yishi lozim.  Qo’llab-quvvatlov va tavsiya xati ingliz tilida topshirilishi lozim. Uning nusxasini mana bu yerdan saqlab olishingiz mumkin ( Institutional Support and Reference Form PDF – 102kB).

To’ldirilgan anketa va maktabdan olingan xatni uch nusxada ko’paytirib, originali bilan birga jami to’rt nusxani Toshkentdagi AQSh elchixonasiga topshirishingiz kerak.

Hujjatlarni topshirish muddati 18-mart, 2013-yil, 18:00.

Topshiradigan hujjatlaringiz quyidagilardan iborat bo’lishi kerak:

  1. Maktabdan olingan qo’llab-quvvatlov va tavsiya xati – Application and Institutional Support and Reference Form (Bitta original va uch dona ko’chirma nusxasi);
  2. Anketa (Bitta original va uch dona ko’chirma nusxasi);
  3. Pasportingizning rasm va shaxsiy ma’lumotlar joylashgan sahifalarining nusxasi (To’rtta nusxa);

Hujjatlarni 18-mart, 2013-yilgacha quyidagi manzilga topshirishingiz kerak:

TEA 2014 PROGRAM
Public Affairs Section
Embassy of the United States of America
3 Moyqorghon Street, 5th Block Yunusobod District
Tashkent, 100093 Uzbekistan

Dastur bo’yicha qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, ularni  Tashkent-Program@state.gov elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin. Yuborayotgan maktubingizni “TEA” nomi bilan atashni unutmang.

O’yin o’ynab ingliz tilingizni yaxshilang!

$
0
0

© US Department of State

AQSh Davlat Departamentining ingliz tilini o’rgatishga mo’ljallangan ajoyib bir loyihasi bor: American English. Bu yerda til o’rganuvchilar uchun turli foydali maslahatlar, darslar, videolar va boshqa yana ko’plab resurslar jamlangan.

Yaqinda bu sayt yana bir ajoyib manba bilan boyidi: Ingliz tili o’rganuvchilari uchun “Trace Effects” (Samarasini izlab top) nomli maxsus o’yin yaratildi.

Xo’sh, o’yin yaratilsa, nima qipti, hozir o’yindan ko’pi bormi, deya e’tiroz bildirishga shoshmang. To’g'ri, hozir internet olamida bepul o’yinlar ko’p. Yengil funksiyalardan iborat oddiy turidan tortib, murakkab va og’ir videoo’yinlargacha topiladi. Ammo “Trace Effects” bu borada o’ziga xos o’yin. Xo’sh, uning boshqa shu kabi o’yinlardan farqli yoki afzal tomonlari nimada?

Javobni biroz uzoqdan boshlaymiz. Ingliz tilini a’lo darajada o’rganishni xohlamaydigan talaba bo’lmasa kerak. Ammo til o’rganishga bel bog’lagan hamma ham ingliz tilini a’lo darajada bilmaydi. Nega? Chunki o’rganish oson emas. So’z yodlash, kitob titish, ko’plab soat o’tirib dars qilishga hammaning ham sabri va toqati yetmaydi. Chunki oramizda dangasalar ko’p. Demak, dangasalarni qiziqtirishning eng yaxshi yo’lini topish kerak. Qiziqarli o’yin ana shu yo’llardan biri.

Kompyuterda o’yin o’ynashni yoqtirmaydigan bolaning o’zi yo’q. Qolaversa, hozirgi murakkab videoo’yinlarga faqat yosh bolalar emas, hatto kattalar ham mukkasidan ketmoqda. Bundaylarning didi juda nozik. Ularning e’tiborini tortish uchun o’yin so’nggi nusxadagi animatsion texnologiya asosida yaratilgan bo’lishi kerak. Nafaqat tasvir, balki o’yin mazmuni, ta’bir joiz bo’lsa, ssenariysi ham shunga yarasha bo’lishi lozim. Aks holda, bunday o’yinning bozordan o’tishi qiyin. Xullas, “Trace Effects” o’yinini yaratishda shu jihatlari, albatta, e’tiborga olingan. Bundan tashqari, mualliflar asosiy maqsaddan chalg’imagan. Ya’ni, bu o’yin, shunchaki, ko’ngilxushlik uchun emas, balki ingliz tilini o’rgatish maqsadida yaratilgan.

O’yinni o’ynash davomida siz yangi so’zlarni o’rganasiz. Keyingi bosqichlarga o’tish uchun ingliz tilida o’rgangan yangi so’z yoki qoidalaringiz asqotadi. O’yinda g’olib chiqish uchun ingliz tilingiz ustida ishlashga majbursiz. Qizig’i, ingliz tilini o’yindan tashqarida emas, o’yin davomida o’rganib borasiz.

Quyidagi qisqa videorolikda o’yin haqida ma’lumot berilgan (Videoni tushunish uchun ingliz tilini boshlang’ich darajada bilishingiz kerak).

O’yinni o’ynash uchun, avvalo, saytda ro’yxatdan o’tishingiz kerak. Shundan so’ng sizga 1-bosqich eshigi ochiladi. O’yin jami 7 bosqichdan iborat bo’lib, ularning har biridan oshib o’tish uchun ingliz tiliga bog’langan to’siqlarni bartaraf etishingiz kerak. Demak, o’yin sizni ingliz tilini o’rganishga majbur qiladi.

Qani, hurmatli talabalar, o’yinga marhamat! Agar u sizga yoqsa, bu haqdagi fikr-mulohazalaringizdan bizni boxabar qilasiz, degan umiddamiz.

Boston portlashlarida gumonlangan shaxsning qo’lga olinishini talabalar olqish bilan kutib oldi

$
0
0

Bostonda talabalar portlashlarda gumon qilingan shaxsning qo’lga olinganini nishonlamoqda, 19-aprel, 2013-yil. © Trevyn Langsford

Shu hafta boshida Boston marafonida yuz bergan portlashlar nafaqat shahar aholisini yoki Amerikani, balki butun dunyoni larzaga soldi. Marafonning finish chizig’i yaqinida portlagan ikki bomba uch insonni hayotdan olib ketdi, 180 dan ortiq odam yaralandi. Halok bo’lganlarning biri xitoylik talaba ekani aniqlangan.

Xurujga aloqadorlikda shubhalangan shaxslar surati aniqlangach, huquq-tartibot organi xodimlarni zudlik bilan ularni qo’lga olish harakatiga tushdi. Natijada, avval, Boston yaqinidagi Votertaun shahrida, so’ng butun Bostonda favqulodda holat e’lon qilindi. Maktablar va barcha oliy o’quv yurtlari, jumladan, jamoat transporti faoliyati to’xtatildi. Bizneslar ham o’z ishlarini vaqtincha to’xtatishga majbur bo’ldi. Shahar aholisiga uydan chiqmaslik tayinlandi.

Juma kuni erta tongda politsiya va shubha ostidagi ikki shaxs o’rtasida bo’lib o’tgan otishmada gumondorlardan biri halk bo’ldi. Ikkinchi gumondorni qidirishga qaratilgan harakatlar kuni bo’yi davom etib, nihoyat kechqurunga borib Johar Tsarnayev nomli 19 yoshli yigit og’ir yaralangan holda qo’lga olindi. Hozirda uning kasalxonada ekani aytilmoqda.

Gumondorlardan biri, hozir hayot bo’lgan va kasalxonada og’ir ahvolda qolayotgan Johar Tsarnayev chechen millatiga mansub bo’lib, Qirg’izistonda tug’ilgan. 2002-yilda dadasi bilan AQShga muhojir sifatida kelgan. Boston voqealari ro’y bergunga qadar Dartmausdagi Massachussets universiteti talabasi bo’lgan. Universitetda uni yaqindan tanigan do’stlari va kursdoshlarining aytishicha, Joharning bunday ishga qo’l urganiga ishonish qiyin. U yaxshi do’st, samimiy va xushchaqchaq inson edi, deydi uni yaqindan taniganlar. Voqeani kuzatib borayotgan jamoatchilik vakillarining aytishicha, Joharning bunday ishga qo’l urishida akasining hissasi katta bo’lgan. O’qishni bitira olmay tark etgan va so’nggi paytlarda uncha ishi yurishmagan 26 yoshli Tamerlan Tsarnayevning ukasiga ta’siri yuqori bo’lgani aytiladi.

AQShning nufuzi juda baland Massachussets Texnologiya instituti kampusi juma kuni xuvillab qoldi. Maktab va oliy o’quv yurtlari yopilishi bilan birga, universitet yotoqxonalaridagi talabalar ham evakuatsiya qilindi. Juma oqshomiga qadar talabalar o’z uylarida voqealar rivojini kuzatib bordi.

Va nihoyat, Johar Tsarnayevning qo’lga olingani haqida ma’lumot paydo bo’lgach, talabalar ko’chalarga chiqib, o’z xursandchiliklarini qiy-chuv va olqishlar bilan izohladi. Quyidagi videoda ularning Boston politsiyasi departamentini olqishlab, “BPD” deb qichqirayotganini ko’rish mumkin:

Mana bu videoda esa butun shahar aholisi kochalarga chiqib, politsiyachilarni olqishlayotgani aks etgan:

AQShga talaba bo’lib kelish qiyinlashdimi?

$
0
0

Bostondagi portlashlarga aloqadorlikda ikki qozog’istonlik talaba qo’lga olingach, Ichki xavfsizlik bo’yicha vazirlik AQShga talaba vizasi bilan kirib kelayotgan xorijliklarni jiddiy tekshirish bo’yicha yangi buyruq chiqardi.  Unga ko’ra, talaba vizasiga ega har bir xorijlik, AQShda o’qish huquqiga egaligi aeroportda obdon tekshirilgandan so’nggina, mamlakatga kirishiga ruxsat beriladi.

Ma’lum bo’lishicha, Boston portlashlariga aloqador ashyoviy dalillarni yo’qotishda ayblanayotgan qozog’istonlik talabalarning biri – Azamat Tajayakov shu yilning 20-yanvar kuni AQShga talaba vizasi bilan kirib kelganda, Dartmausdagi Massachussets universiteti talabalari safida bo’lmagan. Aeroportda uning vizasini tekshirgan ofitser talabalarning qayerda o’qishi yoki o’qiyotgani haqida ma’lumot olish mumkin bo’lgan SEVIS axborot tizimini tekshirmagan. Natijada Azamat Tajayakov, talabalar safidan chetlatilgan bo’lishiga qaramay, immigratsiya tekshiruvidan muammosiz o’tib, AQShga kirib kelgan.

Xavfsizlik xodimlarining aytishicha, shu paytgacha aeroport nozirlari to’g'ridan to’g'ri SEVIS tizimidan axborot olish imkoniyatiga ega bo’lmagan. Biz faqatgina shubhali ko’ringan yoki qo’shimcha savol-javob uchun tekshirilgan xorijlik talabalarning SAVIS tizimidagi ma’lumotini tekshirganmiz, deydi ular. Ichki xavfsizlik bo’yicha vazirlik chiqargan yangi buyruqqa ko’ra, bundan buyon AQShga kirib kelayotgan har bir xorijlik talabaning SAVIS tizimidagi ma’lumotlari tekshiriladi.

Qozog’istonlik Azamat Tajayakov va Dias Qodirboyev Boston portlashlarini uyushtirganlikda ayblanayotgan Johar Sarnayevning kursdoshlari bo’lgan. Ular portlashlardan so’ng Sarnayevning laptopini hamda poroxsiz mushaklar solingan ryukzagini qasddan yo’qotib, jinoyatchiga yordam berganlikda ayblanmoqda. Agar aybdor deb topilsa, ularning har biri besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi hamda 250 ming dollar miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

AQShga kirib kelayotgan talabalarni tekshirish tartibining kuchaytirilishi aeroport va chegara punktlarida  kutish vaqtining haddan ziyod cho’zilib ketishiga sabab bo’lishi mumkinligi aytilmoqda. Nyu-York shtatining Buffalo shahridagi kollej qo’shni Kanadan har kuni qatnab o’qiydigan talabalariga uylaridan kamida 2 soat erta chiqishni tavsiya qilgan.

Boston portlashlari xorijliklar uchun talabalik vizasini qo’lga kiritish imkoniyatini ham qiyinlashtirishi mumkinligi haqida xavotirlar bor. Ayniqsa, musulmon o’lkalaridan keluvchi talabalarni tekshirish yanada kuchayishi kutilmoqda.

Ammo viza berish jarayonida tekshiruvni kuchaytirish haqida hali biror rasmiy qaror yoki o’zgarish e’lon qilingani yo’q. Bu haqda biror yangilik yuz bersa, bu haqda, albatta, blogimizda yozamiz. Demak, bizni kuzatib boring.

“Xayr, Grin karta”

$
0
0

AQSh bayrog’ini yopinchiq qilgan muhojir “Ozodlik” haykaliga termilmoqda, Nyu-York, AQSh. ©AFP

Har yili may oyida Amerikaga kelish orzusida yurgan xorijliklar hayajoni yanada ortadi. Chunki bu oyda “Grin karta” lotereyasi natijalari e’lon qilinadi. Ko’pchilikning bir umrlik taqdirini o’zgartirib yuboradigan daqiqalar… Kimningdir omadi chopib, Amerikada yashash chiptasini qo’lga kiritsa, kimdir, “essiz, bu safar ham omadim chopmadi”, deb peshonasiga uradi.

Har yili dunyo bo’ylab 50 ming odam “Grin karta” lotereyasi orqali AQShda doimiy yashash huquqini qo’lga kiritadi. Ularning 5 mingtasi O’zbekistondan. O’zbekiston ushbu dasturda eng ko’p o’rin ajratiladigan mamlakatlardan sanaladi.

Ammo keyingi yildan bu dastur yopilishi mumkin. Chunki Kongressda hozir muhokama qilinayotgan yangi qonun loyihasida “grin karta” lotereyasiga barham berish haqida gap ketmoqda.

Umuman olganda, har yili 50 ming odamga lotereya orqali “grin karta” berilishi AQSh uchun katta raqam emas. Chunki bu yerda turli yo’nalishlar bo’yicha bir yilda 1 million atrofidagi odamga AQShda doimiy yashash huquqi beriladi.

“Grin karta” lotereyasi dunyoning qashshoq va hech qanday imkoniyatga ega bo’lmagan turli xil odamlariga AQShda yashash orzusiga erishishi uchun imkoniyat yaratib beraylik, degan odamiylik maqsadi bilan 1995-yilda tashkil etilgan. Qariyb 20 yil davom etgan dastur, nihoyat, o’z poyoniga yetgan ko’rinadi.

Lotereyaga barham berish ortida turgan sabablar quyidagicha:

Avvalo, ushbu dasturda qatnashish uchun hech qanday malaka shart emas. Har qanday odam, maktabni bitirgan bo’lsa kifoya, ushbu lotereyada ishtirok etishi mumkin. AQSh qonunchilariga ko’ra, mamlakat malakasiz muhojirlarni qabul qilgandan ko’ra, ilm-fan, matematika, injenerlik kabi yo’nalishlarda oliy ta’lim va tajribaga ega migrantlarni qabul qilgani afzal. Yangi qonun loyihasida xorijlik malakali ishchi va mutaxassislarga beriladigan H-1B vizalari miqdorini oshirish va shu asosda ko’proq “grin karta” berish masalasi ham o’rin olgan. Demak, so’nggi yillarda iqtisodiy qiyinchiliklardan ancha aziyat chekkan qo’shma shtatlar har kimga ham eshigini ochish niyatida emas ko’rinadi.

Qonundagi eng asosiy masala, albatta, 11 millionlik noqonuniy muhojirga qonuniy maqom berish. Loyihaga ko’ra, 2011-yilning 31-dekabrigacha AQShga kirib kelgan va hozirda hujjatsiz yashayotgan muhojirlar, yangi qonun qabul qilingandan keyin, shartli ravishda qonuniy maqom olishlari va o’n yildan keyin fuqarolik uchun hujjat topshirishlari mumkin.

Agar qonun qabul qilinsa, u AQSh immigratsiya tizimida inqilobiy o’zgarish yasaydi. Noqonuniy muhojir sifatida Amerikadan deportatsiya qilinishi lozim bo’lgan muhojirlar “grin karta” olishi, hatto AQShning to’laqonli fuqarosiga aylanishi mumkin. Qonunchilar nazarida, allaqachon AQShda ishlab, yashab kelayotgan muhojirlarning panadan chiqib qonuniy ravishda ishlashga o’tishi mamlakat iqtisodiyoti uchun koni foyda.

Buning uchun ular “Grin karta” lotereyasining bahridan o’tishga tayyor. Demak, “Xayr, Grin karta”, deydigan kunlarga yaqin qolgan ko’rinadi…

Obama bacha maktablarni tezkor internet bilan ta’minlashga va’da berdi

$
0
0

Obama Shimoliy Karolinadagi maktab o’quvchilari bilan, © AP

AQSh prezidenti Barak Obama Shimoliy Karolina shtatidagi maktablardan birini ko’zdan kechirar ekan, mamlakatdagi barcha maktablarni yuqori tezlikda ishlovchi “simsiz” internet bilan ta’minlash lozimligi haqida gapirdi. Bu haqda “Nyu-York Tayms” gazetasi xabar beradi.

O’zida internetga asoslangan ta’lim dasturini yo’lga qo’ygan bu maktab erishgan yutuqlar AQSh davlat rahbarini xushnud etgan. Shundan so’ng u Federal Kommunikatsiya qo’mitasiga murojaat etib, maktablar va kutubxonalarni tezkor internet bilan ta’minlash dasturini kengaytirish haqida ko’rsatma bergan. Agar tashabbus to’liq amalga oshsa, keyingi besh yil ichida maktablarning 99 foizida tenxnik jihozlar va o’qish  holati yaxshilanadi, dedi Obama.

“Bunday chorani amalga oshirish uchun Kongressdan ruxsat olish shart emas, – dedi Obama maktab o’quvchilari oldida. – Uni hozirning o’zida boshlashimiz mumkin”.

Loyiha asosida mamlakat maktablari va kutubxonalar tezligi sekundiga 1 gigabaytgacha bo’lgan internet bilan ta’minlanishi ko’zda tutilmoqda. Bu hozirgacha tijoriy maqsadlarda olish mumkin bo’lgan eng katta tezlikdir.

Internet loyihasi Maktablar va kutubxonalar dasturi asosida moliyalanadi. Ushbu dastur esa 8.7 milliard dollarlik Universal Xizmat Jamg’armasining bir bo’lagidir. Bu mablag’ hisobidan kam ta’minlangan oilalarga ham telefon va internet xizmatlari taqdim etiladi. Uning 2.2 milliard dollari esa maktab va kutubxonalarni texnika hamda internet bilan ta’minlashga sarflanadi.

Dasturda, asosan, qishloq hududlaridagi maktablarga yordam berish ko’zda tutilmoqda. O’quvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqishi va maktablarning moliyaviy ahvoliga qarab, hukumat dasturi internet va boshqa texnologiya xrajatlari uchun maktablarga 20 foizdan 90 foizgacha chegirma beradi.

Talabalar uchun o’qish yanada qimmatlashdi

$
0
0

Davlatdan o’qish uchun qarzga kredit oladigan talabalar shu yil kuzdan boshlab ikki baravar ko’proq foiz to’laydigan bo’lyapti. Chunki davlat kreditlari uchun foiz darajasini past saqlab kelgan qonun 1-iyul kuni o’z kuchini yo’qotdi. 3.4 foizli Stafford krediti uchun to’lov foizlari dushanbadan boshlab avtomatik tarzda 6.8 foizga chiqdi.

Foizning oshishini ko’pchilik Kongressning harakatsizligiga bog’lamoqda. Chunki foizlarni past darajada saqlab kelayotgan qonunning amal qilish muddatini uzaytirish bo’yicha kongressmenlar ko’p bahs olib bordi, ammo amaliy ishga qo’l urmadi. Shu bois muhlati bitgan qonun 1-iyul kuni o’z kuchini yo’qotdi.

4-iyuldan so’ng ishga qaytadigan kongressmenlar yana masalani muhokama qilishi kutilyapti. Ular yangi o’quv yili boshlangungacha foizlarni yana eski darajaga tushiradi, deya umid qilayotganlar ko’p.

Foizning o’sishi 1-iyuldan avval olingan kreditlarga ta’sir qilmaydi. Shuningdek, o’zgarishlar hukumatning PLUS, Perkins yoki subsidiyalanmagan Stafford kreditlariga ham ta’sir qilmaydi.

Subsidiyalangan Stafford krediti, odatda, kam ta’minlangan oila farzandlariga va faqat bakalavr darajasi uchun beriladi.

Kredit foizini past ushlab turuvchi qonun amal qilish muhlatining cho’zdirilmaganida respublikachilar va demokratlar bir-birini ayblamoqda. O’tgan yili bo’lib o’tgan prezidentlik saylovi davomida demokrat Barak Obama ham, respublikachi Mit Romni ham mazkur qonunning muhlatini uzaytirishga va’da bergan edi. Ammo bu va’dalar amalga oshmadi.

AQSh tarixida ik bor talabalar qarzlari kredit kartochkalari orqali olingan qarzlar miqdoridan oshib ketdi. Ayrim iqtisodchilar nazarida, navbatdagi moliyaviy inqirozga aynan talaba qarzlari sabab bo’lishi mumkin.

 


Amerikaning eng zo’r universiteti qaysi?

$
0
0

Kuchli o’nlikdan o’rin olgan Kolumbiya universiteti. Surat Flickrdan olindi. Muallif: Barbara (Jorbasa)

AQShda har yili ta’lim tadqiqotlari bilan shug’ullanuvchi bir necha kompaniya tomonidan universitetlar reytingi e’lon qilinadi. Ammo bu reytinglar orasida farqlar mavjud. Ulardan biri eng yaxshi deb topgani ikkinchi bir reytingda hatto kuchli o’nlikdan o’rin olmagan bo’lishi ham mumkin.

Buning sabablari nimada? Bu reytinglar ishonchlimi? AQShning eng kuchli universiteti qaysi?

Bu savollarga oson javob topish qiyin. “U.S. News and World Report” e’lon qilgan ro’yxatda Garvard va Prinston universitetlari mamlakatning eng zo’r oliy o’quv yurtlari sifatida 1-o’ringa qo’yilgan. “Times Higher Education” reytingida esa 1-o’rinni Kaliforniya Texnologiya instituti egallagan. Bu ro’yxatda Garvard 4, Prinston esa 6-o’rin bilan kifoyalangan.

Washington Monthly” nashri San Diegodagi Kaliforniya universitetiga eng yuqori o’rinni bergan. Garvard, Prinston va Kaliforniya Texnologiya instituti bu ro’yxatning hatto kuchli o’nligiga ham kira olmagan. “Forbes”  jurnali Prinstonga 1-o’rinni bergan bo’lsa, ikkinchi o’ringa Vilyams kolleji munosib topilgan. Bu kollej boshqa reytinglarning birortasiga kirmagan.

(Reytinglarning to’liq ro’yxati maqola so’ngida ilova qilingan.)

Nega ro’yxatlar bir-biridan farq qiladi?

Ta’lim bo’yicha maslahatchi Bes Gilfillanning yozishicha, bunday reytinglar universitet tanlamoqchi bo’lgan talabalar uchun “xavfli bo’lishi mumkin”. Chunki bo’lajak talabalar o’quv yurtini tanlashda, odatda, ana shunday reytinglarga e’tibor berishadi. Aslida, diqqat qaratish lozim bo’lgan va reytinglarda aks etmagan boshqa jihatlar ham ko’p.

Reytinglarda farqlar ko’zga tashlanishining asosiy sababi ularni tuzuvchi tashkilotlar turli tanlov va o’lchov usullarini qo’llashidir. Masalan, “U.S. News and World Report” nashri universitetga qabul qilinish shartlarining qanchalik qiyinligiga asosiy e’tiborni qaratadi. Shuning uchun uning ro’yxatidan, odatda, eng qimmat va mashhur universitetlar o’rin oladi.

“Forbes” jurnali ro’yxatidan Vilyams kollejining uchrashiga sabab shuki, bu nashr universitetlarni tanlashda kichik kollejlarni ham e’tiborga oladi. Boshqa barcha reyting tuzuvchilari faqat katta universitetlarni o’rganadi.

Ayrim reytinglarda tadqiqotlar uchun ajratiladigan pullar va ularning samarasiga e’tibor qaratilsa, “Washington Monthly” nashri kam ta’minlangan talabalar uchun ajratiladigan grantlar miqdorini ham hisobga oladi. “Forbes” jurnali, shuningdek, universitet bitiruvchilarining qanchalik muvaffaqiyat qozonganiga ham e’tibor qaratadi.

(Reytinglarning to’liq ro’yxati maqola so’ngida ilova qilingan)

Eng yaxshi universitetni qanday topish mumkin?

Kollejga bora olish imkoniyatlari markazi rahbari Richard Vedderning aytishicha, reytinglarning hech biri Amerikaning eng zo’r universitetini aniqlab bera olmaydi. Chunki har bir talabaning istak va talablari turlicha va shuning uchun bittasiga eng ma’qul bo’lgan oliygoh ikkinchisiga yoqmasligi mumkin, deydi u. Vedder “New York Times” gazetasiga yozgan  maqolasida bo’lajak talabalarga maslahat berib, oliy o’quv yurtini tanlash jarayonida har bir talaba o’zining qiziqishlari, kelajak rejalari, joyning ahamiyati, moliyaviy imkoniyat va qabul bo’lish ehtimoli kabi masalalarni hisobga olishi kerakligini aytadi.

Reytinglarning to’liq ro’yxati:

U.S. News and World Report
http://colleges.usnews.rankingsandreviews.com/best-colleges/rankings/national-universities

#1: Harvard University and Princeton University
#3: Yale University
#4: Columbia University and University of Chicago
#6: Massachusetts Institute of Technology and Stanford University
#8: Duke University and University of Pennsylvania
#10: California Institute of Technology and Dartmouth College

Times Higher Education World University Rankings
http://www.timeshighereducation.co.uk/world-university-rankings/2012-13/world-ranking

#1: California Institute of Technology
#2: Stanford University (tied with University of Oxford, UK)
#4: Harvard University
#5: Massachusetts Institute of Technology
#6: Princeton University
#9: University of California, Berkeley (#7: University of Cambridge, UK, #8: Imperial College London, UK)
#10: University of Chicago
#11: Yale University
#13: University of California, Los Angeles (#12: ETH Zurich, Switzerland)

Washington Monthly
http://www.washingtonmonthly.com/college_guide/rankings_2012/national_university_rank.php

#1: University of California, San Diego
#2: Texas A&M University
#3: Stanford University
#4: University of North Carolina, Chapel Hill
#5: University of California, Berkeley
#6: University of California, Los Angeles
#7: Case Western Reserve University
#8: University of Washington, Seattle
#9: University of California, Riverside
#10: Georgia Institute of Technology, Main

Forbes Magazine/Center for College Affordability
http://www.forbes.com/top-colleges/

#1: Princeton University
#2: Williams College
#3: Stanford University
#4: University of Chicago
#5: Yale University
#6: Harvard University
#7: United States Military Academy
#8: Columbia University
#9: Pomona College
#10: Swarthmore College

Qaysi sohada o’qiganlar ko’p pul topadi?

$
0
0

Maktabni bitirayotgan va kollejga o’qishga kirayotgan o’smirlar oldida turadigan muhim savollardan biri bu qaysi sohani tanlash haqida bo’lishi shubhasiz. Chunki kelajakda yaxshi karyera qilib, mo’may daromad topish va sifatli hayot kechirish – hammasi shunga bog’liq.

Bugun Amerikada qaysi soha vakillari ko’p pul topyapti? Qaysi kollej, universitet yoki sohada o’qiyotgan talabalarining ish topishi osonroq? Bugungi maqolamizni shu savollar tahliliga bag’islaymiz. Ma’lumotlar umumiy xarakterga ega bo’lib, alohida holatlar uchun to’g'ri bo’lmasligi mumkin.

Universitet bitiruvchilarning ish topish darajasi va ularning yillik daromadini kuzatib, yig’ib boradigan va bu haqda ommaga ma’lumot tarqatadigan maxsus tashkilotlar bor. Avvalo, AQShda federal hukumat har yili shtatlardan shunday ma’lumotlarni to’plab boradi va yillik hsobotlariga bu haqda ma’lumot beradi. Bu ma’lumotlarga nazar solish AQSh ta’lim va mehnat bozoridagi bugungi ahvol haqida tasavvur olishimizga yordam beradi.

Bu borada mustaqil kuzatuv olib boradigan va norasmiy ma’lumot beradigan saytlar ham ko’p. Masalan, “Kollej o’lchovlari” (CollegeMeasures.Org) deb nomlangan tashkilot Arkanzas, Tennessi, Virjiniya, Kolorado va Texas shtatlarida kollej va universitetni bitirayotgan talabalarning yillik daromadlarini hisoblab boradi. Tashkilot rahbari Mark Shneyderning aytishicha, hozir ikki yillik texnikum darajasiga ega bitiruvchilarning ish va daromad topishi osonroq bo’lyapti. Masalan, Texas shtatida ikki yillik texnik kurs bitiruvchisi yiliga o’rtacha 50 ming dollar daromad qiladi. Bu bakalavr darajasiga ega bo’lgan odamning o’rtacha yillik maoshidan 11 ming dollarga ko’p. Kolorado shtatida ham aniq fanlar bo’yicha bakalavr bo’lmagan darajaga ega mutaxassislar shu sohalar bo’yicha bakalavr diplomiga ega bo’lganlardan 7 ming dollar ko’p daromad qilmoqda.

Ijtimoiy yo’nalishlar bo’yicha o’qiganlarning ish topishi ham, yaxshiroq daromad qilishi ham qiyinroq ekani aniqlangan. Tez va mo’may pul topish ilinjida bo’lgan talabalar soha tanlashda ana shu faktorlarga e’tibor berishi kerak, deydi ta’lim bo’yicha maslahatchilar.

PayScale.com bitiruvchilarning qancha daromad qilayotgani haqida ma’lumot topish mumkin bo’lgan yana bir foydali sayt. Bu yerda siz AQShning 1058 kollej va universitetida 130 yo’nalish bo’yicha o’qiyotganlarning bitirgandan so’ng qancha daromad qilayotgani haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Masalan, saytdagi raqamlarga ko’ra, hamshiralar dastlabki yillarda biznes sohadida o’qiganlardan ko’ra ko’proq daromad qiladi ($54100 (hamshiralar) va $44100 (biznes sohasi vakillari). Lekin bir necha yil o’tib biznes sohasi vakillarining daromadi tibbiy soha xodimlarinikidan oshib ketishi aniqlangan. Saytda, shuningdek, o’qish uchun kiritilgan investitsiya o’zini qanchalik oqlashi va bu sarmoyaning yillar o’tib keltiradigan foydasi miqdori haqida ham ma’lumotlar bor. Universitetlar kiritilgan investitsiyaning eng ko’p daromad keltirishi va eng past daromad keltirishi bo’yicha ikki xil toifaga bo’lingan.

CollegeRealityCheck.com saytida kollej bitiruvchilari topayotgan o’rtacha daromad, ta’im kreditlari uchun oylik to’lov miqdori, talabalarning bitirish darajasi va o’qish narxlari bo’yicha turli kollejlarni bir-biri bilan qiyoslashingiz mumkin.

Raqamlar nimadan dalolat beradi?

O’qish uchun qaysi sohani tanlash bo’yicha bosh qotirayotgan odam yuqoridagi statistik ma’lumotlarni ko’zdan kechirganda, universitetning umumiy ko’rsatkichlariga emas, balki xos bir sohadagi raqamlarga e’tibor berishi lozim. Chunki bir kollej yoki universitetning umumiy reytngi hisoblanganda, barcha sohalardagi turli ko’rsatchilar hisoblanib, umumiy o’rta darajasi aniqlanadi. Siz o’zingiz o’qimoqchi bo’lgan sohaning o’zigagina tegishli bo’lgan ma’lumotlarni ko’zdan kechirsangiz, siz ishlamoqchi bo’lgan soha bo’yicha aniq raqamlarni qo’lga kiritasiz.

Ayni paytda raqamlar o’rtacha darajani ifodalashini esdan chiqarmang. Ya’ni, masalan, daromad haqida gap ketganda, bu yerda keltirilgan miqdordan kam topayotganlar ham, ko’p topayotganlar ham bor. Qanday ish topish va unda qanchalar muvaffaqiyat qozonish faqat nomi ulug’ bir universitetni bitirish bilangina amalga oshmaydi, balki har bir odamning mustaqil harakati va izlanishlari natijasida yuzaga chiqadi. Karyera rejasini tuzayotgan o’quvchilarimizga shuni esdan chiqarmasliklarini maslahat beramiz.

“Fulbrayt” olimlar va tajribali mutaxassislarni AQShda tadqiqot o’tkazishga taklif etadi

$
0
0

AQShning “Tashrif buyuruvchi olimlar uchun Fulbrayt dasturi” (Fulbright Visiting Scholar Program) 2014-yil uchun arizalarni qabul qilishni boshladi.

Ushbu dasturda imiy darajaga ega bo’lgan kollej va universitet o’qituvchilari yoki kamida 15 yillik ish tajribasiga ega mutaxassislar ishtirok etishi mumkin. “Fulbrayt” har yili quyidagi yo’nalishlar bo’yicha grantlar ajratadi:

  • Huquq;
  • Ta’lim;
  • Kutubxonachilik;
  • Jurnalistika;
  • Siyosatshunoslik;
  • Biznes;
  • Moliya;
  • Jamiyatshunoslik;
  • Atrof-muhitni o‘rganish;
  • Madaniyat va san’at.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi saytida yozilishicha, ushbu dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi va boshqa xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamfikrlilikni kuchaytirish, shu tariqa Qo‘shma Shtatlar va boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona, samimiy va tinch munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.

“Fulbrayt” stipendiyasini qo’lga kiritgan olim va professionallar AQShda to‘rt oydan 10 oygacha bo‘lgan muddatda tadqiqot olib borish imkoniyatini qo’lga kiritadilar.

Ushbu dasturga ariza topshiruvchi kishi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi, ingliz tilini mukammal bilishi, fan nomzodi yoki doktorlik darajasiga yoxud o‘z sohasida kamida 15 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, barcha nomzodlarning sog‘ligi yaxshi holatda bo‘lishi talab qilinadi.

Hujjatlar 2013-yilning 4-noyabrigacha qabul qilinadi.

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi manzil orqali ro’yxatdan o’tib, kerakli hujjatlarni topshirish lozim:

https://apply.embark.com/student/fulbright/scholars

Dastur haqida batafsil ma’lumotni “Fulbrayt”ning rasmiy saytidan olish mumkin:

http://www.cies.org/vs_scholars/vs_awards/

Dastur bo’ycha savollaringiz bo’lsa, ularni Tashkent-Program@state.gov elektron manziliga yo’llashingiz mumkin. Shuingdek, mavzu bo’yicha so’nggi yangiliklardan xabardor bo’lib turish uchun elchixonaning “Facebook”dagi sahifasini kuzatib borishingizni tavsiya etamiz.

“EducationUSA” maslahat markazini bilasizmi?

$
0
0

EducationUSAQo‘shma Shtatlarda ta’lim olish haqida maslahat va ma’lumot beruvchi manbalar ko’p. Interneta bu haqda ko’plab ma’lumotlar topishingiz mumkin. Ayni shu maqsadga xizmat qiladigan foydali resurslar bilan to’la ta’lim markazini O’zbekistondan ham topishingiz mumkin.

Toshkentdagi AQSh elchixonasining “EducationUSA” maslahat markazi AQSh kollej va universitetlarida o‘qish uchun hujjat topshirish bilan bog‘liq aniq, keng qamrovli va kundalik ma’lumotlarni taklif etish bilan sizga yordam beradi. Ushbu markazdagi mavjud xizmatlar va ulardan foydalanish tartibi haqida quyida qisqacha ma’lumot beramiz.

Taqdimotlar/Guruh seanslari

Haftaning har payshanba kuni “EducationUSA” maslahat markazi guruhlarga BEPUL maslahat seanslarini tashkil etadi. Ushbu haftalik taqdimotlar va ulardan so‘ng o‘tkaziladigan savol-javob seanslari AQShda ta’lim olishning turli jihatlarini qamrab oladi va odatda ingliz tilida o‘tkaziladi. Seanslar talabalarga ariza berish jarayonini tushunib olish, universitetlar vakillari bilan uchrashish, standartlashtirilgan testlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish, O‘zbekistondan borib Amerika universitetlarida o‘qib kelgan kishilar tajribasini o‘rganish kabi masalalarda yordam beradi. “EducationUSA”ning oylik kalendari va kelgusi payshanba kungi taqdimot eslatmalarini elektron pochtangizga olish uchun mana bu yerni bosing va formani to‘ldiring.

Individual maslahat olish

AQShda ta’lim bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan shaxsiy savollaringizni muhokama qilish uchun markazning ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan shaxsiy uchrashuv belgilashingiz mumkin. Shaxsiy maslahat olish uchun dushanbadan jumagacha soat 10.00 dan 17.00 gacha uchrashuv belgilash kerak bo‘ladi. Talabalar maslahatchi bilan uchrashishdan oldin “AQShda o‘qish sari besh qadam” deb nomlangan guruh seanslarida ishtirok etishi shartligini esdan chiqarmang. (Toshkent shahriga qisqa muddatga viloyatlardan kelgan talabalarga istisno tariqasida seanslarda qatnashmasa ham ruxsat beriladi.) Uchrashuv belgilash uchun EducationUSA maslahat markaziga qo‘ng‘iroq qiling yoki elektron pochta xabari yuboring (Manzil va aloqa qilish yo’llari maqolaning oxirida).

AQShda o‘qish sari besh qadam

“EducationUSA”  Amerika Qo‘shma Shtatlarida ta’lim olmoqchi bo‘lgan chet ellik talabaning maqsadiga erishish yo‘lini osonlashtirish uchun “AQShda o‘qish sari 5 qadam” dasturini taqdim etadi. Ushbu besh qadam quyidagilardan iborat:

1. Ta’lim variantlaringizni o‘rganib chiqing;
2. O‘qishga topshirish uchun arizalarni to‘ldiring;
3. Ta’lim olishni moliyalashtiring;
4. Talaba vizasi olish uchun ariza bering;
5. Jo‘nab ketish uchun tayyorgarlik ko‘ring.

Toshkent shahridagi “EducationUSA” maslahat markazi “AQShda o‘qish sari besh qadam” seanslarini doimiy tarzda tashkil etadi. Yo‘nalish beruvchi seans (talabga qarab) oyiga yoki ikki oyda bir marta hali ingliz tilida bemalol gaplasha olmaydigan kishilar uchun o‘zbek yoki rus tillarida o‘tkaziladi. Markazning oylik ish jadvalini kuzatib boring. Biror seans bo‘lishini ko‘rishingiz bilan unda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting.

“EducationUSA”ning haftalik yangiliklari

“EducationUSA” maslahat markazi universitet grantlari va tadbirlariga oid yangiliklarni haftasiga bir marta elektron pochta orqali yuborib turadi. Agar “EducationUSA”ning elektron pochta manzillari ro‘yxatiga qo’shilmoqchi bo‘lsangiz, mavzu yoziladigan qatorga “MENI RO‘YXATGA OLING” degan yozuv bilan Tashkent-Advising@state.gov elektron pochta manziliga xabar yuboring yoki mana bu yerni bosib, formani to‘ldiring.

O’zbekistondagi talabalarni ushbu markazdagi manbalardan va mavjud maslahatlardan unumli foydalanishga chaqiramiz. Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, ularni Tashkent-Advising@state.gov elektron pochtasiga yo’llashingiz mumkin.

Manzil:  “EducationUSA” masalahat markazi
Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasi
Moyqo‘rg‘on ko‘chasi,  5-kvartal,  Yunusobod tumani,  100093 Toshkent

Telefon:  (+998 71) 140-2447
Elektron pochta manzili:  Tashkent-Advising@state.gov

Qabul soatlari:  Dushanbadan jumagacha 10: 00-17: 00

AQShning eng arzon va eng qimmat kollejlari

$
0
0

AQSh Davlat departamenti saytidan olingan skrinshot

AQSh Ta’lim departamenti yaqinda yana bir ajoyib saytni ishga tushirdi: College Affordability and Transparency Center. Bu sayt orqali siz AQShda bakalavr darajasi bo’yicha oliy o’quv yurtlarida o’qishning bir yilda bir talaba uchun qanchaga tushishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

Saytdan foydalanish juda oson. Bosh sahifaning o’zidan turib, siz eng arzon yoki eng qimmat kollejlar ro’yxatini ko’rishingiz mumkin. Bir yillik o’qish narxini aniqlashda o’qish puli, turli to’lovlar, yashash xarajatlari, kitoblar va boshqa sarflar hisobga olingan. Shuningdek, universitet tomonidan ko’rsatiladigan moddiy ko’mak miqdori ham aniqlanib, bu summa jami xarajatlardan ayirib tashlangan. Shundan so’ng qolgan miqdor talabaning o’qish uchun bir yilda sarflaydigan pulni tashkil etadi.

Ammo shuni unutmaslik kerakki, eng arzon kollejlar ro’yxatigi xarajatlar miqdori faqat mahalliy talabalar uchun belgilangan. Ya’ni, xorijlik yoki boshqa shtatdan kelgan talabalar bundan ko’ra ko’proq to’lashiga to’g'ri kelishi mumkin. Ammo ayrim kollejlar xorijlik talabalar uchun ko’proq moddiy ko’mak ajratishga harakat qiladi va shu hisobdan bu yerlarda o’qish chet elliklar uchun ham arzonga tushishi mumkin.

Quyida biz AQShning o’nta eng arzon va eng qimmat kollejlarini mahalliy va xorijlik talabalar uchun yonma-yon jadval tarzida e’tiboringizga havola etmoqchimiz. Shuning o’zi chet elliklar uchun o’qish qimmatroqqa tushishini ko’rsatib turibdi.

1) Eng arzon o’qishlar

4 yillik xususiy, lekin notijorat o’quv yurtlari:

Mahalliy talabalar uchun Sof xarajat ($) Xalqaro talabalar Sof xarajat ($)
Universidad Teologica del Caribe 82 Berea College* 209
Talmudical Academy – New Jersey 469 Gettysburg College 2972
Colegio Pentecostal Mizpa 1776 Skidmore College 3268
Baptist Missionary Association Theological Seminary 1876 College of the Atlantic 3790
John Dewey College – University Division 1956 Paine College 3820
Turtle Mountain Community College 2031 Southwestern Christian College 4033
Pontifical Catholic University of Puerto Rico – Ponce 2208 Yale University 4449
Southeastern Baptist College 2699 Kentucky Mountain Bible College 5024
Mesivtha Tifereth Jerusalem of America 2839 Trinity College 6507
Our Lady of Holy Cross College 2874 Wayland Baptist University 6585

 

4 yillik davlat o’quv yurtlari

Mahalliy talabalar uchun Sof xarajat ($) Xalqaro talabalar uchun Sof xarajat ($)
Sitting Bull College 938 Alabama State University 263
Escuela de Artes Plasticas de Puerto Rico 996 Fort Lewis College 6199
South Texas College 1317 University of West Alabama 7386
University of Puerto Rico-Aguadilla 1591 Haskell Indian Nations University 7760
University of Texas Pan American 1646 Alabama A&M University 7998
Indian River State College 2138 The Citadel 8243
University of Puerto Rico-Bayamon 2345 South Dakota State University 9474
California State University – Dominguez Hills 2451 University of Science and Arts at Oklahoma 9478
California State University – Los Angeles 3263 Kentucky State University 9991
Elizabeth City State University 3335 Missouri Southern State University 10174

 

2) Eng qimmat o’qishlar

4 yillik xususiy, lekin notijorat o’quv yurtlari:

Mahalliy talabalar uchun Sof xarajat ($) Xalqaro talabalar uchun Sof xarajat ($)
Art Center College of Design 39672 Fordham University 56454
The New School – Parsons 39004 Art Center College of Design 56190
School of the Art Institute of Chicago 38965 Rhode Island School of Design 55805
The Boston Conservatory 37798 New York University 55542
California Institute of the Arts 36997 Bard College at Simon’s Rock 55432
Manhattan School of Music 36208 Johns Hopkins University 55390
Rhode Island School of Design 35991 Carnegie Mellon University 55286
Pratt Institute 35506 Duke University 55150
Santa Clara University 35245 School of the Art Institute of Chicago 55090
Northwestern Health Sciences University 35062 Pitzer College 55080

 

4 yillik davlat o’quv yurtlari

Mahalliy talabalar uchun Sof xarajat ($) Xalqaro talabalar uchun Sof xarajat ($)
University of Texas Health Science Center at San Antonio 24192 University of Michigan-Ann Arbor 48331
University of Guam 23902 University of Colorado at Boulder 46729
St. Mary’s College of Maryland 21468 University of Vermont 44838
Rowan University 19344 University of California:Los Angeles ** 41784
Miami University – Oxford 19305 University of Cincinnati-Main Campus 41725
Pennsylvania State University – Main Campus 19056 Pennsylvania State University-Main Campus 41548
Pennsylvania State University – Altoona 18878 University of California: Davis 41085
Pennsylvania State University – Erie-Behrend 18857 New Jersey Institute of Technology 40758
University of Pittsburgh – Pittsburgh 18786 University of Illinois at Urbana-Champaign 40680
Pennsylvania State University – Penn State Berks 18048 Colorado School of Mines 39551

 

 

Viewing all 90 articles
Browse latest View live


<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>