Quantcast
Channel: Talabalar shaharchasi
Viewing all 90 articles
Browse latest View live

AQShda professorlar doimiy ishlash imtiyozidan mahrum qilinishi mumkin

$
0
0

AQShning bir qator shtatlarida universitet professorlari doimiy ish bilan ta’minlanish imtiyozidan mahrum qilinishi mumkin.

Missurilik qonunchi Rik Brettin taqdim etgan qonun loyihasiga ko’ra, 2018-yil 1-yanvardan boshlab davlat universitetlarida o’qituvchilarni umrbod ishlash sharti bilan yollash tartibi bekor qilinadi. Viskonsin va Ayova shtatlarida ham shunday tashabbus ko’tarilgan.

Brettinning aytishicha, AQShda oliy ta’lim olish juda qimmat bo’lib, professorlarga umrbod ish kafolatini berish Amerika qadriyatlariga zid hamda soliq to’lovchilar uchun ortiqcha xarajatdir.

“Doimiy ishga ega har bir professor hamma narsani qoyillatib bajaryapti, deb ayta olmaysiz. Bunday odamni umrining oxirigacha himoya qiladigan tizim kutilgan samarani bermaydi”, – deydi u.

Tanqidchilar esa, doimiy ish berish imtiyozining bekor qilinishi oliy ta’limdagi ish joylarini kamaytirib, o’qitish sifatini pasaytiradi.

“Bu imtiyozni bekor qilish va shtat yordamini kesish oliy ta’limda ish joylarini o’ldiradi. Bu qaror innovatsiyani susaytiradi; raqobatbardoshligimiz kamayib, hurmatimiz ham yo’qolib boradi”, – deydi Missuri universitetining biologiya professori Menni Liskun shtat qonunchilariga qilgan murojaatida.

Doimiy ish bilan ta’minlanish imkoniyati uzoq vaqt oladigan va mashaqqatli jarayon bo’lib, professorlarning yarmidan ko’pi bungacha yetib bora olmaydi. Kollej o’qituvchilari yetti yil yoki undan ko’p muddat ishlab, shu imtiyozga loyiqligini ko’rsatib berishi kerak. Mana shunday og’ir mehnatdan keyingina ularga, o’zlari ixtiyoriy nafaqaga chiqquncha, doimiy ish bilan ta’minlanish imtiyozi beriladi.

O’qituvchi va bloger Jon Uornerning yozishicha, amaldagi imtiyoz tartibi oliy ta’limda ikki xil tizimni yuzaga keltirgan. Faqat doimiy ishga ega professorlargina himoyaga ega, deydi u.

“Doimiy ish muhimligini tushunamiz, balki bu zarurdir. Lekin o’qituvchilarning qolgan yarmi himoyasiz qolishi adolatdan emas”, – deb yozadi u.

Milliy Ta’lim assotsiatsiyasi joriy tartibga yangicha ruh bag’ishlash tarafdori.

“Kollejlar va universitetlar oldilariga aniq maqsadlar qo’yishi, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini tahlil qilib, bu haqda ommaga oshkora ma’lumot berishi kerak. Doimiy ishga ega professorlar ham boshqalar kabi ishlari yuzasidan hisobot berishi kerak”, – deyiladi assotsiatsiyaning saytida e’lon qilingan bayonotda.

Yangi tartibni joriy qilishdan maqsad mablag’ tejash ekani aytilmoqda. Ammo shu bilan birga ta’lim sifatining ham pasayishi yuzasidan xavotirlar bor.

Shtatlar, odatda, byudjetning 13 foizini oliy ta’limga sarflaydi. Shuningdek, o’qish puli va ehsonlar hisobidan ham o’quv yurtlariga mablag’ yig’iladi.

Universitet professorlarining Amerika assotsiatsiyasi vakili Joerg Tiyedga ko’ra, o’quv yurtlarida ma’muriy ishlar bilan shug’ullanuvchi xodimlarning ko’paygani ham o’qituvchilar soni va maoshini qisqartirishga urinish sabablaridan biridir.

2013-yilgi so’rovga ko’ra, universitetlar tizimini boshqaruvchi bosh ijrochining o’rtacha yillik maoshi 388 ming dollarni tashkil etgan. Bitta o’quv yurtini boshqaruvchi bosh ijrochi esa yiliga o’rtacha 290 ming dollar oladi.

AQShda professorlarga doimiy ish kafolatini berish tartibi II Jahon urushidan keyin boshlangan. Ammo 1950-60-yillarda ko’plab o’qituvchilar siyosiy e’tiqodlari bois ish joylarini boy bergan. AQSh Oliy sudi 1972-yilgi qarorida doimiy ishga yollanish huquqiga qonuniy asos bergan. Shunday imtiyoz asosida ishga yollangan professorni ishdan bo’shatish juda uzun va murakkab jarayon hisoblanadi.


Texas universitetida ilmiy tadqiqotchilar uchun grant

$
0
0

texasAQShdagi Texas Universiteti Garri Rensom markazi butun dunyodan ilmiy tadqiqotchilarni o’z ilmiy ishlarini olib borishda Markaz kolleksiyasidan foydalanishga taklif etadi. 2016-2017-o’quv yili uchun markaz 70 ta tadqiqotchi uchun grant ajratadi. Tadqiqotlar gumanitar sohada, jumladan, adabiyot, fotografiya, kino, rassomchilik, musiqa va madaniy tarix kabi yo’nalishlarda bo’lishi kerak. Dasturga qabul qilingan tadqiqotchilar ilmiy ishlarini 2016-yil 1-iyundan 2017-yil 1-avgust oralig’ida tugatishlari lozim.

Grant uchun quyidagilar ariza topshirishi mumkin:

  • Bir oydan uch oygacha bo’lgan qisqa muddatli tadqiqot stipendiya dasturiga ariza topshirmoqchi bo’lgan nomzodlar doktorantura darajasiga ega yoki mustaqil tadqiqotchi bo’lishi lozim. Mustaqil tadqiqotchilar doktorantura darajasiga ega bo’lmasa-da, ilmiy izlanishlar olib borgan bo’lishi kerak. Agar nomzod doktorantura talabasi bo’lsa, uni 2016-yil 1-iyunga qadar tugatishi lozim va bu haqda tadqiqot taklifi hamda tavsiyanomalarda aytib o’tishi lozim.
  • Dissertatsiyani tugatish uchun stipendiya dasturiga ariza topshirmoqchi bo’lgan nomzodlar doktorantura talabalari bo’lishi lozim.

Bir oydan uch oygacha bo’lgan qisqa muddatli tadqiqot dasturi tadqiqotchilarga oyiga 3000 dollar stipendiya beradi. Agar tadqiqot loyihasi markazda bir oydan kam muddat qolishni ko’zlasa, unga faqat 1200 dollar ichki safar xarajatlari uchun yoki 1700 dollar xalqaro safar xarajatlari uchun beriladi. Dissertatsiya tadqiqotchilari esa oyiga 1500 dollar stipendiya bilan ta’minlanadi.

Ariza to’ldirish tartibi quyidagicha:

  • Arizachi SHU YERDA Rensom markazining onlayn ariza topshirish tizimida yangi hisob ochishi kerak. Unga elektron manzil orqali hisobdan o’tish raqami yuboriladi. Mazkur raqam tadqiqot taklifi hamda tavsiyanomada ko’rsatilgan bo’lishi lozim.
  • Uch betli tadqiqot taklifidan iborat ariza shakli va bitta yoki ikkita tavsiyanoma onlayn ariza topshirish tizimiga PDF shaklida topshirilishi lozim.

Ariza topshirishning so’nggi muhlati 2016-yil 15-yanvar.  Ariza natijalari 2016-yil mart oyidan so’ng e’lon qilinadi. Ariza to’ldirish bo’yicha  yo’riqnoma SHU YERDA. 

Manba: SHU YERDA

Grin karta lotereyasi uchun arizalar qabuli boshlandi

$
0
0

DV_lottery

AQShda doimiy yashash va ishlash huquqini beruvchi “Grin Karta” (Green Card) hujjatini olish uchun lotereya o’yinlari boshlandi.

Ariza https://www.dvlottery.state.gov/ sayti orqali onlayn topshiriladi.

Bu lotereya asosida Amerika hukumati har yili o’rtacha 50 ming muhojirga immigratsion viza beradi.

Maqsad bu jamiyatni boyitish, etnik va madaniy xilma-xillikni ta’minlash. Bu boradagi qonun AQSh Kongressida 1990-yilda qabul qilingan.

2017-yil «Turli millat vakillari uchun immigratsiya vizalari – DV» (Green Card) lotereyasiga ro‘yxatga olish 2015- yil 1-oktabrdan 2015-yil 3-noyabrgacha davom etadi.

Lotereya o’yinida qatnashish bepul. Hujjat qabul qilingani haqida tasdiqnoma, registratsiya raqami beriladi. Tanlov natijalari 2016-yilning may oyida e’lon qilinadi.

Qatnashchilar lotereyada g’olib bo’lgan yoki bo’lmaganligini tekshirishi uchun “DV Lottery” dasturiga ariza topshirgan mahal berilgan tasdiq xatiga ega bo’lishi kerak.

Ushbu xatdagi tasdiq nomerini AQSh Davlat departamentining maxsus veb sahifasiga kiritib, lotereyada yutgan yoki yutmaganligingizni aniqlashingiz mumkin.

Lotereyada g’olib bo’lganlar va dasturda qatnashayotganlar bilishi lozim bo’lgan muhim huquqiy ma’lumotlar haqida shu yerda o’qing: “Grin karta” g’oliblari uchun foydali maslahatlar

Saylov-2016: AQShda prezidentlik uchun nomzodlarning ta’lim bo’yicha qarashlari qanday?

$
0
0

AQSh prezidentligi uchun saylov kampaniyasi qizg’in pallaga kirdi. Ular turli sohalarda o’z qarashlarini olg’a surib, o’zlariga ko’proq tarafdor yig’ishga urinmoqda. Blogimiz yo’nalishidan kelib chiqib, biz bugun o’quvchilarimizni asosiy nomzodlarning oliy ta’lim bo’yicha qarashlari va rejalari bilan tanishtiramiz.

Demokratlar

225px-Hillary-Clinton-circleDemokratlardan asosiy nomzod bo’lishi kutilayotgan Hillari Klinton talabalarning to’rt yillik kollejni qarzsiz tugatishi uchun barcha imkoniyatlarnni yaratish kerak, degan fikrda. Unga ko’ra, har bir talabaga, moliyaviy ahvoliga qarab, imtiyozli kredit berilishi kerak. Nomzod, shuningdek, o’quv yurtlarining ta’lim olish narxini haddan ziyod ko’tarib yuborishiga chek qo’yish lozim, deya fikr bildiradi.

225px-Bernie-Sanders-circleDemokratlardan yana bir nomzod Berni Sandersning oliy ta’lim bo’yicha qarashlari ancha keskin. U to’rt yillik davlat kollejlarida o’qishni butunlay bepul qilish tarafdori. Hozirgi paytda bakalavr darajasi majburiy ta’limning bir qismi kabi davlat tomonidan to’liq qoplanishi kerak, deydi nomzod.

Sanders o’tgan asrning 80-yillarigacha ayrim shtatlarda ba’zi davlat oliy oq’uv yurtlari bepul ta’lim berganini misol qilib keltiradi. Shuningdek, Germaniya, Finlandiya va Chili kabi davlatlarda hanuz ta’lim bepul ekanini u AQSh uchun o’rnak qilib ko’rsatadi.

Respublikachilar

225px-Donald-Trump-circleRespublikachi nomzodlar orasida peshqadamlik qilib kelayotgan Donald Tramp ta’lim bo’yicha aniq rejalarini taqdim etgani yo’q. Shunisi aniqki, u shtatlardagi ta’lim tizimlarining federal hukumat tomonidan boshqarilishiga qarshi. U Ta’lim vazirligini butunlay yo’q qilishi yoki qisqartirishi haqida gapirgan, amerikaliklar qaysi maktabda o’qish bo’yicha qaror berishda ko’proq tanlov imkoniyatiga ega bolishi kerak, degan.

225px-Ted-Cruz-circleYana bir respublikachi nomzod Ted Kruzning ham ta’lim bo’yicha aniq qarashlari ma’lum emas. U ta’lim tizimini va talabalar qarzi bilan bog’liq hozirgi holatni isloh qilish niyatida ekanini aytgan, ammo buning qanday amalga oshirilishi bo’yicha aniq reja taqdim etgani yo’q. U ta’lim krediti olish natijasida talabalarning qanchalik qarzga botayotgani haqida gapirar ekan, o’zining ham ta’lim uchun olgan 100 ming dollardan ziyod qarzidan yaqinda qutilganini eslatib o’tadi.

225px-Marco-Rubio-circlePrezidentlikni ko’zlayotgan yana bir nomzod senator Marko Rubio ta’lim tizimini isloh qilish haqida gapirib, oqishning nafaqat haddan ziyod qimmatga tushayotganini, balki sifati pasayganini ham ta’kidlaydi. Unga ko’ra, AQSh oliy ta’lim tizimi XXI asr standartlariga javob bermaydi. Rubio takllif qilgan rejaga ko’ra, har bir oliy o’quv yurti o’qishga kirayotgan talabaga bitirgandan so’ng qanday ish topishi mumkinligi va oladigan maoshi miqdori haqida batafsil ma’lumot berishi kerak. U, shuningdek, malaka oshirish va hunar o’rgatish dasturlari uchun federal hukumat ko’proq moliyaviy yordam ajratishi kerak, degan fikrda.

Rubio sarmoyadorlarni talabalar ta’limiga pul tikishga ham taklif qilgan. Bu rejaga ko’ra, talabaning o’qish xarajatlarini qoplagan tomon keyinroq shu talabaning maoshidan ma’lum ulushni olib turadi.

Demokratiya mavzusida yoshlar uchun AQShda malaka oshirish imkoniyati

$
0
0

HurfordDemokratiya uchun jahon yoshlar ijtimoiy harakati va  Demokratik tadqiqotlar uchun xalqaro forum (DMJ) hamkorlikda yoshlar uchun yetakchilik va tashkilotchilik ko’nikmalarini rivojlantirish dasturini e’lon qiladi. Dasturda ishtirokchilar demokratiya borasida jahon amaliyotini o’rganish, boshqa davlatlar vakillari bilan fikr almashish bilan birgalikda, oylik o’tkaziladigan onlayn forum-bahslarda ishtirok etadi. Shunindek, qatnashchilar dastur vebsaytiga blogpostlar yozish va dastur rivojiga boshqa ko’rinishlarda hissa qo’shishlari nazarda tutilgan. Dastur AQSh poytaxti Vashington shahrida to’rt oy davom etadi. Ishtirokchilar turli tadbirlar va forumlarda ishtirok etishi, o’z ishlarini taqdim qilishi kutiladi.

Dasturga dunyoning istalgan mamlakatidan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Arizachilar 30 yoshdan oshmagan bo’lishi va ingliz tilini mukammal darajada bilishi lozim. Shuningdek, demokratiya sohasiga qiziqishi, bilimga ega bo’lishi va yetakchilik malakasi va mahoratiga egaligini ko’rsatib bera olishi lozim.

Dastur bilan bog’liq barcha xarajatlar qoplanadi. Jumladan, ishtirokchilar uchun oylik stipendiya va safar xarajatlari to’lanadi.

Dasturda qatnashish uchun quyidagilar talab qilinadi

Onlayn ariza 2016-yil 18-maygacha SHU YERDA to’ldirilishi shart. Qabul qilingan nomzodlarga may oyi oxirigacha xabar beriladi.

Ayollar uchun AQShda magistratura, doktorantura va postdoktorlik uchun grantlar

$
0
0

AAUW-International-Fellowship-for-Women-e1422974551942

Universitet ayollari Amerika Assotsiatsiyasi (AAUW) ayollarga AQSh universitetlarida magistratura va doktorantura hamda postdoktorlik darajalarida o’qish uchun grant taqdim etmoqda. Arizachi kamida bakalavr diplomiga ega bo’lishi hamda AQShdagi universitetlardan biriga hujjat topshirgan bo’lishi kerak.

Kimlar topshirishi mumkin:

Talabgorlar ayol bo’lishi hamda magistratura, doktorlik yoki postdoktor darajalarida o’qish uchun hujjat topshirgan yoki o’qiyotgan bo’lishi lozim. G’oliblar akademik yutuqlari yuqori va ayollar masalalari bilan ishlovchi yoki ishlashni maqsad qilgan nomzodlar orasidan saralab olinadi. Grant g’oliblari o’qish tugaganidan keyin o’z davlatlariga qaytishlari shart. Tanlov jarayonida ayollar masalalari bo’yicha ijtimoiy faollik ko’rsatgan, shu sohada jamoatchilik ishlarida faol va professional ayollarga afzallik beriladi.

Grant miqdori:

  • Magistratura/birinchi professional daraja: $18000
  • Doktorantura: $20000
  • Postdoktorlik: $30000

Grant talablari:

Grant uchun da’vogar nomzod –

  • AQShdan boshqa davlatlarning fuqarosi bo’lishi (Agar AQShda bo’lsa, muhojirlik vizasidan boshqa vizaga ega bo’lishi);
  • O’qish tugagandan so’ng o’z davlatiga qaytib ketishga rozi bo’lishi;
  • Magistratura va birinchi professional daraja uchun grantga topshiruvchilar 2015-yilning 1-dekabriga qadar shu soha bo’yicha AQShdagi universitetlarga hujjat topshirgan bo’lishi va ushbu grantga to’ldirgan arizasida universitetning nomini ko’rsatishi lozim. Birinchi professional darajada deganda JD, MFA, LLM, M.Arc yoki tibbiy darajlar uchun MD, DDS kabi darajalar nazarada tutiladi;
  • Postdoktorlik uchun grantga topshirmoqchi bo’lganlar doktorlik darajasiga ega bo’lishi;
  • Ingliz tilini mukammal egallagan bo’lish lozim. Ushbu grantga arizada IELTS testining natijalari qabul qilinmaydi. Faqat TOEFL testining natijalari qabul qilnadi.  Arizachi TOEFL PBTdan kamida 550, CBTdan kamida 213 va iBTdan kamida 79 ballga ega bo’lishi lozim.

Ariza topshirish uchun so’nggi muhlat: 2016-yil 1-deakbr.

Topshirish lozim bo’lgan zarur hujjatlar va ariza topshirish jarayoni haqida to’liq ma’lumot SHU YERDA.

Natijalar 2017-yilning 15-aprelida AAUW vebsaytida e’lon qilinadi.

Grantdan quyidagi xarajatlarni qoplash uchun foydalanish mumkin:

  • Universitet xarajatlari;
  • Yashash xarajatlari;
  • Yosh bolalarining bog’cha va maktabi uchun ketadigan xarajatlar;
  • Professional yig’ilishlar, konferensiya va seminarlarga ketadigan xarajatlar (umumiy grant miqdorining 10 foizidan oshmasligi kerak).

Ushbu grant talabaning o’z davlatidan AQShga kelish va qaytib ketish safar xarajatlarini qoplamaydi. Talabalar o’qish davomida haftasiga 15 soatgacha ishlashiga ruxsat beriladi.

Toshkentdagi AQSh elchixonasi bepul til kurslarini taqdim etadi

$
0
0

learn_english_with_alumniAQSh elchixonasi “Ingliz tilini bitiruvchilar bilan o’rganing” nomli loyiha boshlaganini ma’lum qildi. Dastur doirasida AQShda tahsil olib kelgan talabalar haftada uch marta ingliz tili darslarini o’tadi. Har bir dars bir yarim soat davom etadi. “Amaldagi til” (Language in Use) kursi 14 yosh va undan tepadagilar uchun mo’ljallangan. “TOEFLga tayyorgarlik kursi” (TOEFL Preparation Course) esa ingliz tilini kamida o’rtacha darajada biladiganlar uchun.

Darslar davomida nafaqat ingliz tili ko’nikmalari o’rgatiladi, balki Amerika hayoti va madaniyati haqida ham bilim beriladi. Darslar bepul, ammo kursga yozilishni xohlovchilar, avvalo, kirish imtihonidan o’tishi kerak. Kurs talablari imtihon davomida aytiladi.

Darslar 2016-yil oktabr oyidan boshlanadi. Ungacha 19 va 20-sentabr kunlari imtihonlar o’tkaziladi.

Imtihonda qatnashishni istaganlar yoshi kamida 14 da bo’lishi kerak.

Kurslar uchun imtihonlar quyidagi kunlarda bo’lib o’tadi:

  • Dushanba, 19-sentabr – “Language in Use” kursi uchun
  • Seshanba, 20-sentabr – “TOEFL PREP” kursi uchun

 

Imtihon uchun ro’yxatdan o’tishni xohlovchilar to’liq ism-shariflarini (ismi, familiyasi va otasining ismi), tug’ilgan kuni va joyi hamda pasport raqamini elektron pochta orqali Tashkent-irc@state.gov manziliga 12-sentabrgacha yuborishlari kerak. Email sarlavhasiga “Learn English: [kurs nomi va test kuni]” deb yozish kerak. +998 71 1402525 telefon raqamiga qo’ng’iroq qilib ham ro’yxatdan o’tish mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun manba: http://uzbekistan.usembassy.gov/082616en.html

Prinston AQShning eng yaxshi universiteti deb topildi

$
0
0

 

princeton-university

AQShning taniqli jurnali Amerikadagi universitetlarning yangi reytingini e’lon qildi.

“U.S. News & World” nashri har yili 1800 kollej va universitetlarni o’zaro qiyoslab, ularga baho berib chiqadi.

Bu yilgi ro’yxatda birinchi o’rinni Prinston universiteti egallagan. Undan keyingi o’rinda Garvard universiteti. 3-o’rinni Chikago va Yel universitetlari bo’lishib olgan.

 

Bulardan tashqari ijtimoiy fanlar bo’yicha eng zo’r kollejlar, regionlar bo’ycha hamda qora tanlilar ko’p o’qiydigan kollej-universitetlar reytingi ham e’lon qilingan.

Bu yilgi va avvalgi reytinglar o’rtasidagi asosiy farq shundaki, 2016-yil o’quv yurtlarini baholashda darslardagi o’quvchilar soni ham hisobga olingan.

“Tadqiqotlar kichikroq sinflar samaraliroq va ijobiy natija berishini ko’rsatgan. Bu yangi baholash mezoni bilan o’quv yurtlari bizga beradigan ma’lumotlarni yanada yaxshiroq ko’rib chiqamiz”, – deydi nashrning ma’lumotlar bo’yicha bosh strategi Robert Mors.

Eng kuchli universitetlar o’ntaligidan, shuningdek, Kolumbiya, Stenford, Dyuk, Pensilvaniya va Jons Xopkins universitetlari hamda Massachusets Texnologiya instituti o’rin olgan.

Universitetlarning to’liq ro’yxati bilan quyidagi manzilda tanishishingiz mumkin:

Universitetlar reytingi


Bakalavr talabalari uchun Global UGRAD dasturiga qabul boshlandi

$
0
0

AQSh Davlat departamenti Ta’lim va madaniyat masalalari byurosining Yevrosiyo va Markaziy Osiyodagi Talabalar almashish bo‘yicha global dasturi (Global UGRAD) Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O‘zbekistondan 1, 2, 3 va 4-kursda o‘qiyotgan talabalar uchun Qo‘shma Shtatlarda bir semestr (yarim yil) to‘liq, hech qanday ilmiy daraja berilmaydigan o‘qish imkoniyatini yaratib beradi. Birinchi kurs talabalari ikki yillik jamoat kollejlarida o‘qiydi va kampus turarjoylari (yotoqxonalar) yoki Amerika mezbon oilalarida yashaydi. Barcha boshqa talabalar to‘rt yillik universitet va kollejlarda o‘qiydi va kampus turarjoylarida (yotoqxonalar) yashaydi. Yigit-qizlar AQShda qaysi universitet/kollej yoki jamoat kollejida o‘qishni tanlay olmaydi.

Barch ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’qiydiganlar topshirishi mumkin. Ayrimlar o’qish boshlanishidan oldin bir semester ingliz tilini o’rganish kursiga ertaroq olib ketilishi mumkin.

Grant shartlari va talablari:

Nomzodlar irqi, rangi, dini, milliy kelib chiqishi yoki jinsidan qat’i nazar, ko‘rib chiqiladi. Talabalar almashish bo‘yicha global dastur uchun tanlov erishilgan natijalarga asoslanadi va quyidagi kishilar uchun ochiq:

  • Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O‘zbekiston mamlakatlarining qonuniy pasportlariga ega bo‘lgan fuqaro, jismoniy shaxs yoki doimiy rezident;
  • ayni paytda quyidagi ariza berish huquqini beradigan mamlakatlarda yashab turganlar: Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina yoki O‘zbekiston;
  • ariza berish vaqtida ariza berish huquqini beradigan 12 ta mamlakatdan birining davlat ro‘yxatidan o‘tgan o‘quv yurtining birinchi, ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi kursida yaxshi o‘qiyotgan talaba. Barcha talabalar (jumladan, 4-kurs talabalari ham Global UGRAD dasturi tugagandan so‘ng kamida bir to‘liq muddat (semestr yoki yil) o‘z mamlakatidagi ta’lim olayotgan o‘quv yurtiga qaytishi shart;
    Qo‘shma Shtatlarga safar qilayotgan chog’da (avgust-sentabr, 2017-yil) kamida 18 yoshda bo‘lganlar;
  • to‘liq arizaning asl nusxasini va ariza berish muddati tugaguncha barcha talab qilingan hujjatlarning ikkitadan nusxasini topshiradi;
    2017-yil kuzida Qo‘shma Shtatlarda o‘quv almashuvini boshlash imkoniga ega bo‘lganlar;
  • AQShning J-1 vizasini olib, uni qo‘llab-quvvatlab turuvchilar;
  • dasturning to‘liq hajmini tugatish uchun jismonan baquvvat yigit-qizlar;
    dasturni tugatgandan so‘ng o‘z vataniga qaytib keluvchilar;
  • ariza berayotgan vaqtda og‘zaki va yozma inglizchani juda yaxshi biluvchilar.

Shaxslar quyidagi holatlarda Talabalar almashish bo‘yicha global dasturga ariza berish huquqiga ega bo‘lmaydilar:

  • AQSh fuqarolari va Qo‘shma Shtatlarda doimiy yashovchilar;
  • ayni paytda Qo‘shma Shtatlardagi o‘quv, trening va tadqiqot dasturlarida ishtirok etayotgan shaxslar;
  • ayni paytda ariza berish huquqini beradigan 12 ta mamlakatdan tashqarida o‘qiyotgan, yashayotgan yoki ishlayotgan shaxslar;
    olti haftadan oshiq muddatda AQSh hukumati homiylik qilgan yoki mablag‘ bilan ta’minlagan almashuv ishtirokchisi dasturida qatnashgan shaxslar va ariza berish vaqtida ikki yil to‘liq yashash talabini bajarmaganlar;
  • so‘nggi uch yil davomida AQShda doimiy yashash uchun ariza bergan shaxslar;
  • AQShning Davlat departamenti va/yoki AQSh Xalqaro rivojlanish agentligi (YuSAID) tarkibiga kiruvchi chet ellardagi missiyalarida ishlayotgan mahalliy xodimlar. Xodimlar xizmat muddati tugagandan so‘ng bir yil davomida ariza berish huquqiga ega emas;
  • AQSh Davlat departamenti va YuSAID xodimlarining yaqin oila a’zolari (ya’ni umr yo‘ldoshlari va farzandlari). Oila a’zolari ham xizmat muddati tugagandan so‘ng bir yil davomida ariza berish huquqiga ega emas;
  • Sodir etgan jinoyati uchun hibsga olingan, ayblanayotgan va javobgarlikka tortilgan kishilar (mayda yo‘l harakati qoidabuzarliklari bundan mustasno).
  • Uchinchi kurs talabalari ham endi dasturga ariza berishi mumkin. To‘rtinchi kurs talabalari ham Global UGRAD dasturini tugatgandan so‘ng mamlakatidagi o‘zi o‘qiyotgan o‘quv yurtiga kamida bir semestr qaytib kelish sharti bilan ariza berish huquqiga ega.

Ariza topshirish muhlati va tartibi:

Hujjatlar 2017-yil 1-yanvargacha topshirilishi lozim. Hujjatlar internet orqali topshirilishi kerak. Manzil: https://bit.ly/2eRfVOe

Hujjat topshrish tartibi va yo’l-yo’riqlari haqidagi ma’lumotlar: https://uz.usembassy.gov/wp-content/uploads/sites/78/2016/11/global_ugrad_program_application_instructions_2017-2018.pdf

Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, ularni Tashkent-Program@state.gov elektron pochta manziliga yo‘llashingiz mumkin. Bunda elektron pochta xabarlari mavzusiga “QUESTIONS: Global UGRAD” deb yozishingiz kerak.

AQSh elchixonasida dastur bo’yicha quyidagi kunlar savol-javob uchrashuvlari o’tkaziladi:

16-noyabr 17:30da;
30-noyabr 17:30da;
14-dekabr 17:30da;
21-dekabr 17:30da.

Bu uchrashuvlarda qatnashish uchun to’liq ism-familiyangiz, tug’ilgan joyingiz va vaqtingiz hamda pasport nomeringizni Tashkent-Program@state.gov elektron pochtasiga uchrashuv kunidan kamida ikki kun avval jo’natishingiz kerak. Sarlavhaga “Consultation Meeting: Global UGRAD” deb yozishni unutmang.

Qo’shimcha ma’lumot uchun manba: https://uz.usembassy.gov/education-culture/exchange-programs/global-undergraduate-exchange-program/ 

Global liderlar uchun Jorj Vashington universitetining stipendiya dasturi

$
0
0

george-washington-university-gwu-banner-440x300

Global liderlar uchun stipendiya dasturi Jorj Vashington universitetida magistratura va doktorantura darajalarini o’qish uchun grant beradi. Dasturda 2017-yil kuzdan o’qishini boshlaydigan talabalar qatnashishi mumkin.

2017-2018-o`quv yiliga jami 18 kredit soatini qoplovchi uchta grant beriladi. Kitoblar, yashash, va shu kabi boshqa xarajatlar nomzodning o`zi tomonidan qoplanishi kerak. Ushbu grant har yili yangilanadi va magistrantlarga maksimum 3 yil, doktorantlarga maksimum 5 yil muddatga beriladi. Yangilanish grant sohibining o`qish baholariga bog`liq (GPA 3.0 va undan yuqori).

Grant turi:

  • Magistratura uchun
  • Doktorantura uchun

Granti faqat bitta bosqich (magistratura yoki doktorantura) ni o`qish uchun olish mumkin xolos. Grant faqat kuzgi va bahorgi semestrlar uchun beriladi. Yozgi semestrlar uchun grant masalasi muhokama ostida.

Shartlari:

  • Xalqaro Yetakchilar Harakati Jorj Vashington Universiteti tomonidan chet ellik bakalavr bitiruvchilariga (magistratura va doktorantura uchun) beriladi.
  • Bu talabalar ta’lim olganlaridan keyin o`z vatanlariga qaytishlari va orttirgan bilim va ko`nikmalarini u yerdagi muammolarni hal qilishda qo`llashlari shart.
  • Bu Harakat avval AQSh hududida ta’lim olmagan yoki ishlamagan talabalar uchun.

Talabalar faqat F-1 (Fullbright granti g`oliblarida J-1 mumkin) vizasiga ega bo`lishlari kerak.

Talabalar magistratura yoki doktoranturaga Foggy Bottom kampusi hududidagi fakultet va maktablarga o`qishga qabul qilingan bo`lishlari kerak. Foggy Bottom kampusi hududida quyidagi fakultetlar joylashgan:

  • College of Professional Studies
  • Columbian College of Arts and Sciences
  • Elliott School of International Affairs
  • Graduate School of Education and Human Development
  • School of Business (Executive Education program is not eligible)
  • School of Engineering and Applied Science

Talabalar Ingliz tili bilimi bo`yicha IELTSdan 7.5 yoki TOEFLdan 100 (internet imtihonida) / 600 (qog`oz imtihonida) ballga ega bo`lishlari kerak.

Hujjat topshirish tartibi:

Hujjatlar elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron arizani ushbu manzilda topshirish mumkin.

Arizani qanday to’ldirilishi haqida ushbu qo’llanmadan javob topishingiz mumkin.

Universitetga qabul qilingan talabalar yakuniy qarorlarni 2017-yil 7-aprelgacha oladilar.

Sohalar va universitetlar haqida to’liq ma’lumot SHU YERDA.

Hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotni SHU YERDAN olishingiz mumkin.

AQShda professorlar doimiy ishlash imtiyozidan mahrum qilinishi mumkin

$
0
0

AQShning bir qator shtatlarida universitet professorlari doimiy ish bilan ta’minlanish imtiyozidan mahrum qilinishi mumkin.

Missurilik qonunchi Rik Brettin taqdim etgan qonun loyihasiga ko’ra, 2018-yil 1-yanvardan boshlab davlat universitetlarida o’qituvchilarni umrbod ishlash sharti bilan yollash tartibi bekor qilinadi. Viskonsin va Ayova shtatlarida ham shunday tashabbus ko’tarilgan.

Brettinning aytishicha, AQShda oliy ta’lim olish juda qimmat bo’lib, professorlarga umrbod ish kafolatini berish Amerika qadriyatlariga zid hamda soliq to’lovchilar uchun ortiqcha xarajatdir.

“Doimiy ishga ega har bir professor hamma narsani qoyillatib bajaryapti, deb ayta olmaysiz. Bunday odamni umrining oxirigacha himoya qiladigan tizim kutilgan samarani bermaydi”, – deydi u.

Tanqidchilar esa, doimiy ish berish imtiyozining bekor qilinishi oliy ta’limdagi ish joylarini kamaytirib, o’qitish sifatini pasaytiradi.

“Bu imtiyozni bekor qilish va shtat yordamini kesish oliy ta’limda ish joylarini o’ldiradi. Bu qaror innovatsiyani susaytiradi; raqobatbardoshligimiz kamayib, hurmatimiz ham yo’qolib boradi”, – deydi Missuri universitetining biologiya professori Menni Liskun shtat qonunchilariga qilgan murojaatida.

Doimiy ish bilan ta’minlanish imkoniyati uzoq vaqt oladigan va mashaqqatli jarayon bo’lib, professorlarning yarmidan ko’pi bungacha yetib bora olmaydi. Kollej o’qituvchilari yetti yil yoki undan ko’p muddat ishlab, shu imtiyozga loyiqligini ko’rsatib berishi kerak. Mana shunday og’ir mehnatdan keyingina ularga, o’zlari ixtiyoriy nafaqaga chiqquncha, doimiy ish bilan ta’minlanish imtiyozi beriladi.

O’qituvchi va bloger Jon Uornerning yozishicha, amaldagi imtiyoz tartibi oliy ta’limda ikki xil tizimni yuzaga keltirgan. Faqat doimiy ishga ega professorlargina himoyaga ega, deydi u.

“Doimiy ish muhimligini tushunamiz, balki bu zarurdir. Lekin o’qituvchilarning qolgan yarmi himoyasiz qolishi adolatdan emas”, – deb yozadi u.

Milliy Ta’lim assotsiatsiyasi joriy tartibga yangicha ruh bag’ishlash tarafdori.

“Kollejlar va universitetlar oldilariga aniq maqsadlar qo’yishi, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini tahlil qilib, bu haqda ommaga oshkora ma’lumot berishi kerak. Doimiy ishga ega professorlar ham boshqalar kabi ishlari yuzasidan hisobot berishi kerak”, – deyiladi assotsiatsiyaning saytida e’lon qilingan bayonotda.

Yangi tartibni joriy qilishdan maqsad mablag’ tejash ekani aytilmoqda. Ammo shu bilan birga ta’lim sifatining ham pasayishi yuzasidan xavotirlar bor.

Shtatlar, odatda, byudjetning 13 foizini oliy ta’limga sarflaydi. Shuningdek, o’qish puli va ehsonlar hisobidan ham o’quv yurtlariga mablag’ yig’iladi.

Universitet professorlarining Amerika assotsiatsiyasi vakili Joerg Tiyedga ko’ra, o’quv yurtlarida ma’muriy ishlar bilan shug’ullanuvchi xodimlarning ko’paygani ham o’qituvchilar soni va maoshini qisqartirishga urinish sabablaridan biridir.

2013-yilgi so’rovga ko’ra, universitetlar tizimini boshqaruvchi bosh ijrochining o’rtacha yillik maoshi 388 ming dollarni tashkil etgan. Bitta o’quv yurtini boshqaruvchi bosh ijrochi esa yiliga o’rtacha 290 ming dollar oladi.

AQShda professorlarga doimiy ish kafolatini berish tartibi II Jahon urushidan keyin boshlangan. Ammo 1950-60-yillarda ko’plab o’qituvchilar siyosiy e’tiqodlari bois ish joylarini boy bergan. AQSh Oliy sudi 1972-yilgi qarorida doimiy ishga yollanish huquqiga qonuniy asos bergan. Shunday imtiyoz asosida ishga yollangan professorni ishdan bo’shatish juda uzun va murakkab jarayon hisoblanadi.

Respublikachilar AQSh oliy o’quv yurtlari haqida salbiy fikrda

$
0
0

Katta yoshdagi respublikachilarning aksariyati AQSh kollej va universitetlari mamlakatga salbiy ta’sir ko’rsatadi, degan fikrda. 18 va 29 yosh orasidagi respublikachilar esa bu fikrga qo’shilmaydi. Ayni paytda demokratlarning ko’pi Amerika o’quv yurtlariga yuqori baho beradi. Tafsilotlar bilan men Behzod Muhammadiy.

Demokratlar va Demokratlar partiyasiga moyillar kollej va universitetlar haqida ijobiy fikrda. “Pyu” o’tkazgan so’rovga ko’ra, ularning 72 foizi AQSh oliy o’quv yurtlarining jamiyatga ta’siri yaxshi ekanini aytgan.

Ayova Davlat universitetida siyosatshunoslikdan dars beruvchi Deyvid Andersenning aytishicha, respublikachilarning oliy ta’limga salbiy ko’z bilan qarashi ajablanarli emas.

“Respublikachilar partiyasidagi ayrimlar orasida elitaga va intellektuallarga qarshi kayfiyat kuchli”, – deydi u.

Berklidagi Kaliforniya universiteti hamda Vermontdagi Midlberi kollejida konservativ so’zlovchilarga qarshi yuz bergan zo’ravon namoyishlar ham qarashlar o’zgarishi ortidagi sabab bo’lishi mumkin. Andersenga ko’ra, bu voqealar konservativ qarashlarga moyil matbuot tomonidan keng yoritilgan.

Tadqiqotchi ishonchsizlikni o’z talabalari orasida ham ko’rishini aytadi.

“Studentlar biz muhokama qiladigan mavzular bo’yicha keskin fikrlar bildiradi. Universitetda bo’lishning ma’nosi shu o’zi. Lekin e’tiqodingiz faktlarga qanchalik mos kelishi haqida gaplashishimiz kerak”, – deydi u.

Ogayo davlat universiteti professori Uilyam Ivlendning aytishicha, respublikachilar kollej va o’qituvchilarni yoqtirmasligining boshqa sabablari ham bo’lishi mumkin.

“Davlat yordami qirqilishi natijasida o’qish puli oshar ekan, talabalarning qarzga botishi va o’z pulini qoplay olmasligi ham ko’paydi”, – deydi u.

“Pyu” markazi so’rovida ommaviy axborot vositalari respublikachilar orasida o’quv yurtlaridan ham pastroq baho olgan. So’rovda qatnashgan respublikachilar va ularga moyillarning 85 foizi matbuot AQSh uchun salbiy ta’sirga ega, deb hisoblaydi.

Demokratlar orasida bunday qarash tarafdorlari 46 foiz.

“Pyu” tadqiqotchilari so’rovni AQShning barcha shtatlarida 2504 odam ishtirokida telefon orqali o’tkazgan. Suhbatlar ingliz va ispan tillarida olib borilgan.

Universitetlar musulmonlar uchun halol taom taklif etmoqda

$
0
0

AQSh universitetlari oshxonalardagi taomnomalar tarkibini xalqaro talabalar ta’biga moslashtirishga urinmoqda.

Pokistonlik Jasir Mayat Kolorado universitetiga kelganda, o’quv oshxonalarida musulmonlar uchun halol taomlar yo’q edi. U bu haqda universitetning yotoqxona va oziq-ovqat xizmatlari bo’limiga xabar berdi. Shundan so’ng birinchi semestrning o’zida o’quv yurti oshxonalari menyusiga halol go’shtdan qilingan taomlar qo’shildi, deya hikoya qiladi pokistonlik yigit.

Xalqaro talabalar istak-xohishlarini hisobga olish boshqa universitetlarda ham ko’zga tashlanmoqda.

Turli mamlakat va diniy-milliy kelib chiqishga ega xalqaro talabalarning ovqatga bo’lgan talablari ham rang-barang: musulmonlar halol taom yeyishni istasa, yahudiylar kosher taom bo’lishini xohlaydi. Shuningdek, vegetaryan yoki glyutensiz taom istovchi xo’randalar ham oz emas.

Jasir Mayat musulmonlar uchun halol ovqat so’rab universitetga murojaat qilganda, universitet talabalar o’rtasida so’rov o’tkazdi va uning natijasiga ko’ra, o’quv yurtida diniy e’tiqodiga ko’ra taom yeyishni istovchilar salmoqchi ekani ayon bo’ldi. Shundan so’ng universitet ularning istaklarini inobatga olishga qaror qildi.

Kolorado universitetida hozir talabalar internet orqali taomlarning tarkibini ko’rishi, o’zlari xohlagan taomlarni tanlashi mumkin.

Nebraska-Linkoln universitetining oziq-ovqat xizmati rahbari Pamela Edvardsning aytishicha, xalqaro talabalar o’z mamlakatlaridagi milliy taomlarni ham universitet oshxonalariga taklif etishi mumkin. Bularning barchasi yangi menyu tuzishda hisobga olinadi, deydi u.

Kolorado universitetining qaroridan ruhlangan Mayat boshqa o’quv yurtlaridagi xalqaro talabalarni ham tortinmasdan o’z e’tiroz va takliflarini o’quv yurti mutasaddilariga yetkazishni tavsiya qiladi.

AQShda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni qancha?

$
0
0

Bugun AQSh ta’lim tizimi dunyodagi eng taraqqiy etgan ta’lim tizimlardan biri sanaladi. Dunyodagi “eng yaxshi oliy ta’lim dargohi” sifatida tan olingan universitetlarning yuztaligiga ham aksariyat AQSh universitetlari kiradi. Aniqroq aytganda, dunyodagi “eng yaxshi oliy ta’lim dargohlari” yuztaligining 30 tasi aynan AQShda joylashgan. Shu sabab ham bu mamlakatga kelib tahsil oluvchilar soni juda ko’p. Hozirgi kunda AQSh dunyodagi xalqaro talabalar eng ko‘p ta’lim olayotgan mamlakat bo’lib qolmoqda.

AQSh Xalqaro Ta’lim Institutining 2018-yilgi “Ochiq eshiklar” hisobotiga ko’ra, bu mamlakatda 2017-2018-o’quv yillarida ta’lim olayotgan xorijlik talabalar soni 1,9 millionni tashkil etib, bu avvalgi yilga nisbatan 1,5 foizga ko’proq demakdir.

AQShda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni esa 570 nafarni tashkil etib, bu o‘tgan yilgiga nisbatan 12,9 foizga oshgan demakdir. Ularning qariyb 50 foizi bakalavr, qolganlari magistrlik yoki turli dastur va kurslarlarda o‘qimoqda.

“AQShning eng nufuzli universitetlaridan birida tahsil olgan o’zbekistonlik sifatida aytishim mumkinki, AQSh oliy ta’lim tizimining dunyodagi yetakchiligiga asosiy sabab bu oliygohlarning juda katta e’tiborni ilmiy-tadqiqot ishlariga qaratganidadir. Masalan, Jon Xopkins Universiteti turli ilmiy tadqiqot ishlari, loyihalari va dastirlariga 2016-yilda  2,43 million dollar ajratgan bo’lsa, Pensilvaniya Universiteti 2017 yilda 1,37 million dollar sarflagan. Yana aytish lozimki, o’qituvchi-professorlarga ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanishlari uchun keng imkoniyatlar berilgan. Oliygohlarda ortiqcha pedogogik yuklamalar mavjud emas. Ilmiy izlanish olib borishni istaganlar uchun mavzu tanlashda erkinlik mavjud, ya’ni mavzular tegishli instansiyalar tomonidan begilab berilmaydi yoki faqatgina ma’lum bir yo’nalish doirasidagina chegaralanish talab etilmaydi. Izlanuvchi o’z qiziqqan mavzusida izlanishlar olib boradi. Mamlakatimizda ham ilmiy-tadqoqot olib borish tizimini xorij tajribasini o’rgangan holda rivojlantirish zarur”, – deydi AQShning Jorj Vashington Universitetida Biznes boshqaruvi bo’yicha magistraturada tahsil olib qaytgan o’zbekistonlik Nabijon Tog’ayev.

AQSh Savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, xalqaro talabalar o‘qish puli, turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari orqali 2017-yilda AQSh iqtisodiyotiga 42,4 milliard dollar foyda keltirgan.

AQShda ta’lim olayotgan xalqaro talabalarning aksariyati Xitoydan bo’lib, o’tgan o’quv yilida Qo’shma Shtatlarda 363 ming xitoylik talaba ro’yxatdan o’tgan. Bu esa avvalgi yilga nisbatan 3,6 foizga oshgan demakdir. Ikkinchi o’rinda esa Hindiston turibdi; 186 ming hindistonlik talaba tahsil olgan, bu oldingi yilga nisbatan 5,4 foizga ko’proq demakdir. O’tgan o’quv yilida, ayniqsa, Nepaldan kelib o’quvchilar soni birdaniga oshib, avvalgi yilga nisbatan 14,3 foizga ko’tarilgan. Saudia Arabistonidan tahsil olishga keluvchilar soni esa aksincha eng ko’p qisqarib, 54,555 tani tashkil etgan. Bu sa 15,5 foizga pasaygan demakdir.

Shtatlar ichida xalqaro talabalarga eng ko’p “mezbon”lik qilayotgan shtat bu – Kaliforniya bo’lib, bu yerda avvalgi o’quv yilida 162 ming xalqaro talaba ta’lim olgan. Ikkinchi o’rinda Nyu-York shtati turadi. Bu yerda 121 260 talaba ro’yxatdan o’tgan.

Universitetlar ichida esa o’z bag’riga eng ko’p xorijlik talabani sig’dirgan oliygoh bu Nyu-York universitei bo’lib, u yerda 17 550 talaba tahsil olgan. Ikkinchi o’rindagi Janubiy Kaliforniya universitetida esa 16 075 talaba ta’lim olgan.

AQShda o’tgan yil ro’yxatdan o’tgan jami xalqaro talabalarning 442 800 nafari bakalavr darajasini, 383 ming nafari magistr darajasini olish uchun o’qigan bo’lsa, yana  65,630 nafari turli dastur va kurslarda tahsil olgan.

Bugun AQShda ta’lim oluvchi xalqaro talabalarning aksariyati injener-muhandis, matematika va kompyuter texnologiyasi, ijtimoiy sohalar yo’nalishida o’qib, ko’proq qismi (58.6) o’z mablag’i hisobiga ta’lim oladi.

Shu o’rinda bir savol tug’ilishi mumkin.  Bu sehrli diyor dunyodagi ko’plab kishilarni o’ziga rom etadi. Lekin amerikalaklar ham xorijiy davlatlarga tahsil olgani boradimi? Hisobotlarga ko’ra, o’tgan o’quv yilida 332 727 amerikalik fuqaro xorijga, xususan, Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Fransiya va Germaniya davlatariga tahsil olishga borgan. Xorijda o’quvchi amerikaliklarning aksariyati qisqa muddatli dastur va kurslarda o’qigan.

Ha, xorijda o‘qish ko’pgina hollarda nafaqat malakali mutaxassis bo’lib yetishish, balki o‘sha davlat tilini oson o‘zlashtirish, chet el madaniyati bilan yaqindan tanishish, dunyoqarashni kengaytirish, xorijdan do‘stlar orttirish imkoniyatlarini ham beradi.

Oydin Sadullaeva

Motivatsiya – muvaffaqiyat garovi

$
0
0

Har bir muvaffaqiyat ortida nima turadi, bilasizmi? AQShda nufuzli oliy o’quv yurtida to’liq grant bilan o’qish imkoniyatini qo’lga kiritish uchun, avvalo, nima qilish kerak? IELTSdan 7 ball olish kerakmi yoki qattiq mehnat qilish kerakmi?

Albatta, bular muhim. Lekin bulardan ham oldin sizda ishtiyoq bo’lishi kerak. IELTSdan 7 ball olishingizni ta’minlaydigan qattiq mehnatni sevib qilshingiz kerak. Bu sevgini esa sizga motivatsiya beradi. Busiz tezda zerikib qolasiz; o’qish og’ir mashaqqatga aylanadi.

Litseyda o’qib yurganimda mening uchun dunyodagi eng ulkan orzu Toshkentda o’qish edi. Rejalarimda bu marradan keyingi hayotga hali o’rin yo’q edi.

Bir sutkada 15-20 soatgacha dars qilardim. Qabul imtihoniga tayyorlanish uchun hatto sahar 3 da turib dars qilgan paytlarim bo’lgan. Ertalab kallaga yaxshi kiradi, deyishardi. O’qishga ham kirdim, Toshkentga ham keldim. Qarasam, hali hayot oldinda ekan…

Shundan keyin ham ko’p muvaffaqiyatlarga erishdim, lekin hech qachon abiturientlik davrimdagidek qattiq o’qimaganman. To’rt yillik Toshkentdagi o’qishni abiturientlik davrida olingan bilimlar bilan tamomlaganman, desam xato bo’lmasa kerak.

Universitetda o’qishni boshlaganimdan keyin ingliz tilini tashlab qo’ydim. Chunki o’rganishga ishtiyoq, sabab yo’q edi.

O’sha paytlar “Tasvir” degan gazeta bo’lardi. Bir kuni shu gazetada, adashmasam, IREX orqali AQShda o’qish uchun hujjat qabul qilinayotgani haqida kichkina e’lon o’qib qoldim. Shundan so’ng ingliz tili darslarimni yana davom ettirishga ishtiyoq paydo bo’ldi. Yana o’qishga tushib ketdim. Chunki endi sabab bor edi.

Aytmoqchi bo’lganim nima? Oldingizga maqsad qo’ying va shu maqsadga erishish uchun qattiq mehnat qiling.

Do’stlaringizning o’yin-kulgi, kayfu safo qilib yurgani sizni chalg’itmasin. Bugun kamroq uxlarsiz, kamroq choyxonada o’tirarsiz, lekin ertaga bularning hammasiga sizda yetali vaqt ham, mablag’ ham bo’ladi. Bir-ikki yil qiynalasiz, lekin keyin bir umr rohat-farog’atda yashashingiz uchun zamin yaratasiz. Shuning uchun qisqa muddatli mashaqqat va rohat-farog’at sizni chalg’itib qo’ymasin.

AQShda yuzlab universitetlar bor. Deyarli barchasida qaysidir darajada grant dasturlari bor. Aksariyatida xorijliklar uchun ham grant yoki moliyaviy yordam beriladi. Demak, siz ularning har birini qo’lga kiritish imkoniyatiga egasiz. Nima qilish kerak? Mehnat qilish kerak, xolos.

Umumiy talablar barcha joyda bir xil: IELTS/TOEFLdan minimum ball, maktab/kollej/litsey yoki bakalavr diplomi yoki GRE/GMAT testlari (magistratura uchun).

Sizning mendan yoki AQShda o’qiyotgan boshqa o’zbekistonliklardan hech qanday farqingiz yo’q. Kallamiz ham, kalla ichidagi miyamiz ham, miya ichidagi to’qimalarimiz ham bir xil.

Farqi shundaki, qaysidir davrda bizning oldimizda AQShda o’qish imkoniyati chiqib qoldi va bu imkoniyatdan unumli foydalana oldik. Sizda ham shu imkoniyat bor. AQShda o’qish uchun bir emas, ikki emas, yuzlab imkoniyat bor va bu imkoniyatlar har yili keladi. Siz shu imkoniyatga o’zingizni tayyorlasangiz bas. Imkoniyat sizning tayyor bo’lisihingizni kutib turmaydi, siz o’zingizni unga tayyorlashingiz kerak.

Demak, mehnatdan, o’qishdan to’xtamang.

Mavzuga aloqador maqola: AQShda o’qish uchun grant topish yo’llari


So’rov: AQSh oliy ta’limi qanday muammolar bilan yuzlashmoqda?

$
0
0

AQSh duyoning eng kuchli oliy ta’lim tizimiga ega mamlakat hisoblanadi. Ammo so’nggi yillarda Amerika bu maqomni boy berish xavfi bilan yuzlashmoqda.

Universitetlar raqobat va talabalarning ehtiyojlari o’zgarayotganidan xavotirda. Ekspertlar esa oliy o’quv yurtlarini o’zgarayotgan talablarga mos ravishda yangi uslublarni qo’llashga undamoqda.

Oktabr oyida Ta’lim bo’yicha Amerika kengashi reytingi eng baland 500 ta to’rt yillik kollej va universitetlar o’rtasida so’rov o’tkazdi.

O’quv yurti rasmiylaridan kelasi besh yilda ular yuzlashadigan eng katta muammolar nima bo’lishi mumkinligi haqida so’raldi. Ularga, shuningdek, ta’lim dargohlari bu muammolarni hal qilish uchun qanchalik tayyorligi haqida savol berildi.

So’rov natijasida AQSh oliy o’quv yurtlari eng ko’p yuzlashishi mumkin bo’lgan oltita masala aniqlandi. Ro’yxatning boshidan boshqa oliygohlar bilan raqobat masalasi o’rin oldi. Keyingi o’rinda talaba yoshidagi aholi soni (18 dan 24 gacha bo’lganlar) kamayib borayotgani qayd etilgan.

Ovoz berganlarning 39 foizi noan’anaviy talabalar, ya’ni to’liq ishlab o’qiydigan katta yoshlilar ko’payayotganini alohida tilga olgan. Davlat va shtatdan moliyaviy yordamning kamayayotgani hamda oliy ta’limga xalq ishonchi pasayib borayotgani ham muammolar sifatida tilga olingan. Siyosiy o’zgarishlarning chetdan kelayotgan xalqaro talabalarga salbiy ta’sir ko’rsatayotgani ham xavotirli masala sifatida ko’tarilgan.

Ayni paytda ko’plab universitetlar bu kabi sinovlarga tayyorgarlik ko’rayotgani ham aniqlangan. Masalan, so’rovda qatnashganlarning 89 foizi ishlab o’qiydigan talabalar ehtiyojlariga mos ta’lim dasturlari yaratayotganini ma’lum qilgan.

Ta’lim bo’yicha ekspert Piter Stoukesning aytishicha, kollej va universitetlar bunday o’zgarishlar bilan yuzlashishi tabiiy hol.

Uning qo’shimcha qilishicha, Ikkinchi jahon urushidan so’ng AQShda tug’ilish soni oshgan va bu talabalarning ko’payishiga hissa qo’shgan. 2008-yilgi moliyaviy inqiroz ortidan esa tug’ilish darajasi pasaygan. Ayni paytda shu davrdan boshlab ham ishlab, ham universitetga boradiganlar soni orta boshlagan.

Stroukes fikricha, vaqt o’tib talabalar soni yana oshadi. Ungacha esa universitetlar hozirgi sharoitga moslashishi kerak. Noan’anaviy usullar bilan oliy ta’limni yo’lga qo’yish, masalan, internet orqali o’qitish yoki qisqa muddatli dasturlarni taklif qilish bu kabi muammolar uchun yechim bo’lishi mumkin.

So’rovda aniqlangan boshqa muammolar bo’yicha esa hali aniq yechimlar mavjud emas. Ularni hal qilishga ishonchi komil bo’lgan oliy o’quv yurtlari soni faqat yettitani tashkil etgan.

Ta’lim bo’yicha Amerika kengashi vakili Luis Suaresning aytishicha, odamlar tobora oliy ta’limga xalqqa xizmat emas, balki tirikchilik manbai sifatida qaramoqda.

Chunki, deydi u, ta’lim olish borgan sari qimmatlashib bormoqda. Natijada talabalar moddiy manfaatdorlikni, qarzlarni ertaroq uzishni birinchi o’ringa qo’ymoqda.

Oliy ta’limdagi raqobat ham jiddiy masala. “Amazon” va “Google’ kabi kompaniyalar o’z ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yayotgan bo’lsa, Fransiya, Kanada va Avstraliya kabi mamlakatlar xalqaro talabalarni AQShdan tortib olish harakatida.

Natijada AQShning ba’zi oliy o’quv yurtlari hatto yopilishga yuz tutmoqda. AQSh Ta’lim departamenti ma’lumotiga ko’ra, mamlakatda oliy o’quv yurtlari soni o’tgan yili 1998-yildan beri eng quyi nuqtaga tushgan.

Agar universitetlar birgalikda ishlasa, yashab qolish imkoniyatlari yuqoriroq bo’ladi, deydi Suares. Masalan, Jorjiya Texnologiya instituti yangi dasturlar va uslublar bo’yicha o’z g’oyalarini boshqa 50 oliy o’quv yurti bilan baham ko’rmoqda.

Amerika Kollej va universitetlari assotsiatsiyasi prezienti Lin Paskarellaning aytishicha, oliy ta’limga jamoatchilik ishonchini va davlat yordamini oshirish ustida ishlash kerak va bu ikki masala bir-biri bilan bog’liq.

Universitetlar o’zlarining jamiyatdagi muhim ahamiyatini ko’rsatib berishni yaxshi udadlay olmadi, deydi Paskarella. Unga ko’ra, ko’pchilik bugun oliy o’quv yurtlarini talabalar vaqtini behuda o’tkazadigan maskan sifatida ko’radi.

Mutaxassis fikricha, agar amerikaliklar oliy ta’lim haqida ijobiy fikrga ega bo’lsa, shtatlar va federal hukumat yana kollej va universitetlarni qo’llab-quvvatlashni boshlaydi.

Qaysi universitetlar bitiruvchilarga eng ko’p daromad keltiradi?

$
0
0

Ko’plab talabalar va ularning ota-onalari o’qish uchun kollej yoki universitet tanlashda, avvalo, o’quv yurtining reytingiga qaraydi.

Jorjtaun universiteti yaqinda oliy o’quv yurtlarining reytinini belgilashda yangi o’lchov mezonlarini joriy qildi. Unda talabalar oladigan baho, qabul darajasi va imtihonlarga qarab emas, balki o’qish uchun sarflanadigan sarmoya qanchalik o’zini oqlashiga e’tibor berilgan.

Bakalavr darajasini beruvchi to’rt yillik xususiy kollejlar nafaqat o’qishni bitirish bilan, balki oradan 40 yil o’tib ham sarmoyani eng yaxshi oqlaydigan o’quv yurtlari ekani aniqlangan.

“Masalan, Massachusetsdagi xususiy Bebson kolleji 10 yillik qiymati bo’yicha 304-o’rinda, lekin 40 yilda keltiradigan foydasi bo’yicha 7-o’rinda”, – deyiladi Jorj Vashington universiteti e’lon qilgan hisobotda.

Universitet 2500 oliy o’quv yurtiga aynan o’qish uchun sarflangan mablag’ qanchalik o’zini oqlashi mezonidan kelib chiqib baho bergan.

Ro’yxatning boshida Olbani Farmasevtika va tibbiy fanlar kolleji turibdi. Bu yerda yillik o’qish narxi 50 ming dollar atrofida. Uni bitirganlar 10 yilda 385 ming, 20 yilda 1,3 million, 40 yilda esa 2,72 million dollar topadi.

Reytingda mashhur Stenford universiteti 5-o’rinni egallagan. Bu xususiy notijorat o’quv yurti bitiruvchilarga  10 yilda 307 ming, 20 yilda 1,013 million, 40 yilda esa 2,068 millilon dollar qaytarishi aniqlangan.

“Hamma kollejga shuncha pul sarflash o’zini oqlaydimi deb so’raydi. Biz shunga javob topishga urindik. Xarajatlar va foydalar haqidagi bunday ma’lumot nafaqat talabalarga foydali, balki u institutlar mas’uliyatini ham oshiradi”, – deydi Jorj Vashington universitetida shu loyihaga rahbarlik qilgan Antoni Karnival.

Ro’yxatning eng tepasidan qaysi universitetlar o’rin olgan. “Top 20″talikka kirgan o’quv yurtlari ro’yxatiga nazar tashlaymiz. Ularning ba’zilari ko’pchilik uchun notanish va ko’plab reytinglarda ko’rinmaydi.

Albany College of Pharmacy and Health Sciences (N.Y.)
St. Louis College of Pharmacy (Mo.)
Massachusetts College of Pharmacy and Health Sciences (Mass.)
Massachusetts Institute of Technology (Mass.)
Stanford University (Calif.)
Maine Maritime Academy (Maine)
Babson College (Mass.)
Harvard University (Mass.)
Georgetown University (D.C.)
U.S. Merchant Marine Academy (N.Y.)
University of the Sciences (Pa.)
St Paul’s School of Nursing-Queens (N.Y.)
Massachusetts Maritime Academy (Mass.)
Harvey Mudd College (Calif.)
Stevens Institute of Technology (N.J.)
University of Pennsylvania (Pa.)
California State University Maritime Academy (Calif.)
California Institute of Technology (Calif.)
Colorado School of Mines (Colo.)
Bentley University (Mass.)

Ro’yxat boshidagi uchlikni farmasevtika va tibbiyot yo’nalishidagi kollejlar egallagan. Tijoriy foyda olishni ko’zlovchi universitetlar ro’yxatning quyi o’rinlarini band etgan.

Ish topish uchun amaliyot qanchalik muhim?

$
0
0

Talabalar kelajakda qanday sohada ishlashi, nima ish qilishi haqida o’qish paytidayoq jiddiy o’ylashi kerak.

Nyu-York shtatidagi Klarkson universiteti rasmiysi Margo Jenkinsning aytishicha, ko’plab talabalar kelajakda qanday ish xohlashlari haqida aniq tasavvurga ega emas.

U talabalarga o’qish paytidayoq tajriba oshirishni tavsiya qiladi.

“Nimaga qiziqasiz? Hozirdan shuning ortidan borishingiz kerak. Biz talabalarni to’g’ri yo’lga yo’naltirish uchun shu yerdamiz”, – deydi Jenkins.

AQShda ko’plab universitetlarning karyera markazlari bor. Yangi talabalar o’qishga kirishi bilan shunday markazlarga bog’lab qo’yiladi. Qanday ish xohlashlari haqida aniq tasavvurga ega bo’lmaganlarga markazda alohida maslahat va tavsiyalar beriladi.

Talabalar bu yerda qanday ish topish, rezyume yozish, intervyuga tayyorlanish kabi mavzularda treningdan o’tadi.

Universitetlar mamlakat bo’ylab ko’plab ish beruvchilar bilan yaqin aloqada bo’ladi. Shuningdek, bitirib ketgan sobiq talabalar ham ba’zan universitetga kelib yoki masofadan turib ish topish bo’yicha maslahat berib turadi.

Mutaxassislarga ko’ra, o’qish paytida amaliyot (internship) o’tagan talabalarning bitirgandan so’ng ish topish imkoniyati ancha yuqori bo’ladi.

Illinois Department of Revenue employment recruiters speak to students looking for a full time jobs or an internship during The…
Illinoys universitetida o’tkazilgan ish yarmarkasi, 2014-yil, 25-sentabr

 

Amaliyot davrida talabalar ish joyi bilan yaqin aloqa o’rnatadi va ko’pincha, bitirgandan so’ng shu talabalarga amaliyot o’tagan joyidan ish taklifi beriladi. Ish beruvchi uchun ham amaliyot davri xodimning imkoniyatlarini o’rganish uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi. Agar talaba o’zini yaxshi ko’rsatsa, ishga qabul qilinish ehtimoli yuqori bo’ladi.

Ba’zi amaliyotlar yil bo’yi davom etishi mumkin, lekin ko’pincha ular yozgi ta’til davomida bo’ladi. Ba’zi amaliyotlar hech qanday to’lovsiz bo’lsa, boshqalari talabaga ish haqi to’lashi mumkin.

Jenkinsning aytishicha, Klarkson universitetida talabalarning 90 foizi o’qish paytida amaliyot o’taydi.

“Amaliyot talabalar uchun hech qanday xatarsiz 2-3 oy biror ishda o’zlarini sinab ko’rish uchun hayotlaridagi yagona imkoniyatdir”, – deya qo’shimcha qiladi u.

Yoshlar uchun imkoniyat: AQSh universitetlariga sayohat qiling

$
0
0

AQShda o’qishni xohlaysizmi? Buning uchun ishni nimadan boshlashni, anketa va hujjatlarni qanday tayyorlashni, qaysi universitetni tanlashni bilmayapsizmi?

Mana shu ishlarning hammasiga yordamni AQShning o’ziga borib olish imkoniyati bor. Ya’ni, AQShda bir oygacha vaqt o’tkazib, Amerika universitetlariga tashrif buyurib, talaba bo’lish yo’l-yo’riqlarini amerikaliklarning o’zidan o’rganib kelish imkoniyati mavjud. Bularning barchasi mutlaqo bepul amalga oshiriladi. Samolyot biletidan tortib, borish-kelish va Amerikada yashash xarajatlarigacha to’loq qoplanadi.

Albatta, kim ham buni xohlamaydi, deysiz. Keling, endi shu dasturda qatnashish shartlari bilan tanishamiz.

“EducationUSA Academy” dasturi Amerika universitetlarida ikki haftadan to’rt haftagacha vaqt o’tkazish imkoniyatini beradigan dastur bo’lib, ingliz tilini o’rtacha yoki yuqori darajada biladigan 15 va 17 yosh orasidagi O’zbekiston fuqarolariga mo’ljallangan. Demak, bu dasturda qatnasha olishingiz uchun yoshingiz 15 va 17 orasida bo’lishi va ingliz tilini kamida o’rtacha, ya’ni muloqot qila oladigan darajada bilishingiz kerak.

Dasturga qabul qilinganlar, asosan, bitta universitetda vaqt o’tkazadi, lekin unga yaqin bo’lgan boshqa universitet va kollejlarga ham olib boriladi.

Quyidagi universitetlar 2020-yil uchun dastur ishtirokchilarini qabul qiladi:

Dasturga qabul qilinsangiz, tepadagi universitetlardan birida bir oygacha vaqt o’tkazasiz. U yerda yashaysiz; xalqaro talabalar bilan ishlaydigan universitet xodimlari sizga hujjatlarni qanday topshirish, o’qish uchun moliyaviy yordamni qanday topish kabi mavzularda ma’lumot beradi. U yerda talabalar bilan ham uchrashib, yangi do’stlar orttirish, Amerika hayoti bilan yaqindan tanishish va ingliz tilida muloqot qilish malakangizni oshirish imkoniyatiga ham ega bo’lasiz.

Dasturda qatnashish mutlaqo bepulmi?

AQShga borish-kelish va u yerda yashash xarajatlari to’liq qoplanadi. Qo’shimcha kundalik xarajatlar uchun qo’lingizga pul ham beriladi. Ehtimoliy xastaliklar uchun tibbiy sug’urta bilan ham ta’minlanasiz. Xullas, Amerikaga borishni xohlaydigan yoshlar uchun juda zo’r imkoniyat.

Dastur ishtirokchilariga qo’yiladigan talablar

Agar dasturda ishtirok etishni xohlasangiz, quyidagi talablarga javob berishingiz kerak:

  • O’zbekiston fuqarosi bo’lish;
  • 15 va 17 yosh orasida bo’lish;
  • Maktab yoki kollej/litseyning yuqori sinflarida o’qiyotgan bo’lish;
  • Ingliz tilini muloqot qila oladigan darajada bilish;
  • AQSh universitetlarida o’qish niyatiga ega bo’lish;
  • Dasturni bitirib qaytganingizdan keyin O’zbekistondagi maktab yoki litseyingizda kamida yana bir semestr yoki chorak o’qishingiz kerak; ya’ni maktab yoki litsey/kollejni bitirganlar topshira olmaydi;
  • O’qishdagi baholaringiz yaxshi bo’lishi;
  • AQShga ilgari bormagan bo’lishingiz;
  • Mustaqil, mas’uliyatli, o’ziga ishonadigan, maqsadlaringiz jiddiy bo’lishi;
  • Universitet yotoqxonasida yashashga tayyor va boshqalarning madaniy-ijtimoiy farqli qarashlarini hurmat qiladigan bo’lishingiz lozim.

 

Eslatma: 2020-yil 1-iyunda 15 yoshdan kichik bo’lsangiz yoki 17 yoshdan o’tib ketsangiz, bu dasturga topshira olmaysiz.

Dasturda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni topshirish kerak:

  • To’ldirilgan anketa (DOC 78 KB)
  • Maktab baholari varaqasining ingliz tiliga tarjima qilingan va maktab (yoki kollej, litsey) muhri bilan tasdiqlangan nusxasi (so’nggi chorak va o’tgan yilning baholarini topshirish kerak)
  • Pasport nusxasi.

Qayerga topshirish kerak?

Yuqoridagi hujjatlar elektron pochta orqali Tashkent-Advising@state.gov manziliga 2020-yil 20-fevral mahaliy vaqt bilan 18:00 gacha yuborilishi kerak. Email sarlavhasiga “EducationUSA Academy” deb yozishni unutmang.

Hujjatlar faqat email orqali olinadi. Ularni ko’tarib elchixonaga borib yurmang.

2019-yilda 36 million amerikalik o’qishni bitira olmagan

$
0
0

Talabalarning o’qishni tashlab ketishi kelajakda ularning pul topish salohiyatiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Talabalar kliring-tadqiqot markazi raqamlariga ko’ra, AQShda o’tgan yili 36 million kishi o’qishni bitira olmagan. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda esa 2016-yilda uch million odam o’qishni keyinga surgan. 

Jahon Banki tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, 2017-yilda Janubiy Amerika mamlakatlarida 25-29 yoshdagilarning deyarli yarmi o’qishni tamomlay olmagan. Janubiy Afrikada ham shunga yaqin raqamlar.

AQShdagi “Strada” nodavlat tashkiloti xodimi Nikol Torpey-Seyboning aytishicha, talabalarning o’qishni tashlashi sabablari turlicha. Bunda oliy ta’lim dasturining qiyinligi asosiy omil emas.

Tashkilot “Gallup” jamoatchilik fikrini o’rganish markazi bilan hamkorlikda o’qishni tashlagan 42 ming amerikalik bilan gaplashib shuni aniqlaganki, aksariyat yoshlar ham o’qib, ham ishlashga qiynalgani uchun birini, ya’ni ishni tanlashga majbur bo’lgan.  Oliy ta’lim qimmatligi va olinayotgan bilim ish topish uchun asqatishiga ishonchsizlik ham sabablar sirasiga kiradi. Universitet yoki kollejni tashlaganlarning juda ozchiligi o’qishini qayta tiklaydi.

“Ko’pchilik o’zini o’qishdan “chiqib ketgan” hisoblaydi yoki o’qishni tiklasa baribir yana xuddi shu muammolarga duch kelib, o’qishni takror tashlashga majbur bo’lishdan qo’rqadi”, – deydi Nikol Torpey-Seybo.

Tadqoqotchining fikricha, asosiy muammo nafaqat talabalarning yaxshi haq to’lanadigan ish topa olmasligida, balki ta’lim kreditini to’lashga yetadigan pul topa olmasligidadir.

Florida universitetida professor yordamchisi Jastin Ortagusning aytishicha, kam daromadli oiladan bo’lgan talabalar bir vaqtning o’zida ham o’qib, ham ishlashga majbur bo’ladi. Bu esa o’qish chala qolishiga sabab bo’ladi.

Jamoat kollejlarida ko’p hollarda kam daromadli oila farzandlari tahsil oladi. Aksariyati ishlaydi. Hukumatning hisobotlariga qaraganda, bunday kollejlarda tahsil oluvchi yoshlarning atigi 30 foizigina o’qishni tamomlay oladi.

Florida universiteti talabalarni o’qishga qaytarish mavzusida yaqinda bir tajriba o’tkazdi. Ortagusning aytishicha, o’qishni tashlagan 27 ming sobiq talabaga universitet o’qishni tiklashlari mumkinligi haqida xabarnoma yuborgan. O’qishni tiklaganlarga birinchi dars bepul o’tilgan. Shundan so’ng, o’qishni tiklaganlar soni 21 foizga oshgan. Xulosa shuki, hattoki ozgina moliyaviy yordam ham ijobiy natija beradi.

Nikol Torpey-Seybo fikricha, bunday tajribalar yaxshi, lekin Amerikada ta’lim tizimi katta islohotlarga muhtoj. Uning aytishicha, onlayn ta’limga yoziluvchilarning soni bejiz oshayotgani yo’q. Ish soatidan tashqari vaqtda olib boriluvchi kurslarni ko’paytirish kerak. Shu bilan birga, ta’lim muassasalariga ko’proq mablag’ ajratish kerak, toki ular ham yordamga muhtoj talabalarga imtiyoz bera olish imkoniyatiga ega bo’lsin.

Viewing all 90 articles
Browse latest View live


<script src="https://jsc.adskeeper.com/r/s/rssing.com.1596347.js" async> </script>